Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Bola huquqlari bo‘yicha vakil tanqid qilgan mehribonlik uyi direktori hamda ombor mudiri ishdan olindi
Xabaringiz bor kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) rasmiy saytida  "Bola huquqlari bo‘yicha vakil: Kitob tumanidagi 5- Mehribonlik uyini tugatish kerak! Bolalar juda yomon sharoitda yashashmoqda" sarlavhali xabar eʼlon qilingan edi.

Unda Kitob tumanida joylashgan 5-Mehribonlik uyiga Oliy Majlis Senati Kengashining “Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning qonuniy asoslarini yana-da mustahkamlash masalasini kompleks o‘rganishni tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan o‘rganishda muassasa tarbiyalanuvchilari uchun yetarli sharoitlar yaratilmaganligi, muassasa jixozlari eskirib qolganligi, tarbiyalanuvchilarni sog‘lom ovqatlantirish normalariga amalga qilinmayotganligi hamda oziq-ovqat omborxonasi sanitariya talablariga javob bermasligi aniqlanganligi bildirilgan.

Bosh Prokuratura Axborot xizmatining maʼlum qilishicha, mazkur holat yuzasidan ishchi guruh tuzilib, shaxsan viloyat prokurori nazorati ostida tekshirilmoqda. Kitob tumani prokuraturasi tomonidan muassasada o‘tkazilgan tekshirish natijasiga ko‘ra, o‘z xizmat vazifalarini lozim darajada bajarmagan muassasa direktori hamda ombor mudiri egallab turgan lavozimlaridan ozod qilindi, direktor o‘rinbosari intizomiy javobgarlikka tortildi, xo‘jalik mudiri va parhez hamshirasiga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik tug‘risidagi kodeksining 53-moddasi (Sanitariya qonun hujjatlarini buzish) bilan maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilgan.

Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmatining xabar berishicha, Viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida Kitob tumanidagi 5-Mehribonlik uyining 66 nafar tarbiyalanuvchisi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan.

Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Matbuot xizmati

Yangiliklar kategoriyalari