Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari Ombudsman faoliyati bilan yaqindan tanishdi
Joriy yilning 25-mart kuni Toshkent davlat yuridik universitetining “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” fakulteti 2-kurs talabalari Ombudsman faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Ushbu sayyor o‘quv mashg‘ulotida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Kotibiyatidagi bo‘lim va sektorlarning masʼul vakillari tinglovchilarni Ombudsman institutining asosiy faoliyat yo‘nalishlari bilan tanishtirishdi.

Uchrashuvda talabalarga mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini taʼminlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, Ombudsmanning fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha harakatlanish erkinligi cheklangan yopiq muassasalariga o‘tkazilayotgan monitoring tashriflari, fuqarolik jamiyati institutlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik haqida atroflicha maʼlumotlar berildi.

Uchrashuv o‘zaro savol-javoblarga boy tarzda, erkin muloqot shaklida o‘tdi va talabalar Ombudsman Kotibiyatidagi bo‘lim va sektorlardagi ish jarayoni bilan yaqindan tanishtirildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati