Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman Jenevaga tashrifi doirasida qator nufuzli xalqaro tashkilotlar vakillari bilan uchrashdi
Xabaringiz bor, shu kunlarda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) BMT Inson huquqlari bo‘yicha Kengashining 55-sessiyasida ishtirok etmoqda. Jenevada bo‘lib turgan Feruza Eshmatova xizmat tashrifi doirasida qator nufuzli xalqaro tashkilotlar vakillari bilan uchrashdi.

2024 yilning 28 fevral kuni BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasining Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari departamenti boshlig‘ining o‘rinbosari M.Boyanich hamda Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar Global alyansi (GANHRI) eksperti K.Krittinlar bilan uchrashdi.

Uchrashuvlarda xalqaro ekspertlar mamlakatimizda inson qadrini yuksaltirish borasida qabul qilingan muhim strategiyalar va ularning ijro etilishi natijasida erishilgan yutuqlar, konstitutsiyaviy islohotlar hamda “O‘zbekiston–2030” strategiyasida belgilangan maqsadlar, qiynoqlarni oldini olish borasidagi O‘zbekiston tajribasi haqida xabardor qilindi.

Muloqotlarda xalqaro ekspertlar tomonidan Ombudsman institutining 29 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan xalqaro konferensiya - inson huquqlarini himoya qilish sohasida hamkorlikni mustahkamlash, xalqaro majburiyatlarning bajarilishi bo‘yicha ilg‘or tajribalarni o‘rganish hamda Ombudsmanlar kun tartibida turgan muhim masalalarni muhokama qilish uchun platforma sifatida xizmat qilgani alohida taʼkidlandi.

Suhbat davomida inson huquqlari sohasidagi nufuzli xalqaro tashkilotlar vakillari O‘zbekistondagi ijobiy o‘zgarishlarni alohida qayd etishdi va o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashdan manfaatdor ekanliklarini bildirishdi.

Har ikkala uchrashuvlar do‘stona va konstruktiv ruhda o‘tdi va ularda istiqboldagi loyihalar yuzasidan fikr almashildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati