Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Xorazm, Buxoro, Navoiy va Toshkent viloyatlaridagi maktab o‘quvchilarining huquqiy xabardorligi oshirildi
Xabaringiz bor, Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda “Ombudsman soati” loyihasi amalga oshirilmoqda.

O‘quvchilarning huquqiy xabardorligini oshirish uchun respublikamiz bo‘ylab “Ombudsman soat”lari o‘tkazilmoqda.

Navbatdagi tadbirlar Urganch shahridagi 6-sonli, Buxoro shahridagi 17-sonli, Zarafshon shahridagi 1-sonli,Toshkent viloyati Parkent tumanidagi 6-sonli, Yuqori Chirchiq tumanidagi 9-sonli hamda Quyi Chirchiq tumanidagi 37-sonli umumta’lim maktablarida tashkil etildi.

“Ombudsman soat”larida yuqori sinf o‘quvchilariga inson huquq va erkinliklarining mazmun-mohiyati, shaxsiy, siyosiy, ijtimoiy va boshqa huquqlari hayotiy misollar yordamida tushuntirildi. Shuningdek, ushbu huquqlarni ta’minlash bo‘yicha shug‘ullanuvchi milliy institutlar faoliyati to‘g‘risida atroflicha ma’lumotlar berildi.

Jami 180 dan ortiq o‘quvchilar qamrab olingan ochiq muloqot tarzida o‘tgan tadbirlarda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga Ombudsmanning mintaqaviy vakillaridan javob olishdi hamda yoshlarning huquq sohasidagi bilimlari yanada oshirildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati