Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Nukusdagi tergov hibsxonasiga qayta monitoring: IIVga kiritilgan Ombudsman xulosasida ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etildimi? 
2024 yilning 26 yanvar kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi mintaqaviy vakili va Ombudsman huzuridagi Jamoatchilik guruhlari tomonidan Nukus shahrida joylashgan 2-son Tergov hibsxonasiga monitoring tashrifi amalga oshirildi.

Qayd etish lozimki, 2023 yilning noyabr oyida mazkur hibsxonada o‘tkazilgan monitoring tashrifida aniqlangan holatlar yuzasidan Ichki ishlar vazirligiga Ombudsman xulosasi kiritilgan edi. Bu galgi o‘rganishlarda mazkur xulosaning bajarilish holatlari o‘rganildi.

Maʼlum bo‘lishicha, hibsxonada saqlanayotgan shaxslar uchun ajratilgan yuvinish xonalarida joriy taʼmirlash ishlari olib borilmoqda, sunʼiy shamollatish tizimi (ventilyatsiya) yangidan qurilgan, yuvinish xonasining sanitariya-gigiyena holati tibbiyot bo‘limi xodimlari tomonidan qatʼiy nazoratga olingan va yoritish chiroqlari zamonaviylariga almashtirilgan.

Shuningdek, hibsxonaning xo‘jalik ishlariga jalb qilingan mahkumlar sharoitlarini yaxshilash, jumladan uzoq muddatli uchrashuv xonalari tashkil etish va boshqalar bo‘yicha loyiha smetasi ishlab chiqilganligi maʼlum bo‘ldi. Qurilish ishlari 2024 yil II-choragida tugatilishi rejalashtirilganligi sababli ushbu muassasaga qayta monitoring o‘tkaziladi.

Monitoring tashrifida hibsxonada saqlanayotgan shaxslarning yashash, ovqatlanish, tibbiy yordam ko‘rsatish holati va sifati hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi holatlari o‘rganildi va tegishli tavsiyalar berildi.

Shu bilan bir qatorda, hibsxonada saqlanayotgan shaxslar bilan jamoaviy tartibda suhbatlashildi. Ombudsmanning mintaqaviy vakiliga yakka tartibda murojaat qilish istagida bo‘lgan shaxslar murojaatlari holi tarzda qabul qilindi.

 Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati

Yangiliklar kategoriyalari