Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsmanning xalqaro statusini “A” mаqomga ko‘tarish masalalari muhokama qilindi
2024 yilning 30 yanvar kuni Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) BMT TDning Yevropa va Markaziy Osiyo uchun Istanbul mintaqaviy markazi qonun ustuvorligi, inson huquqlari va xavfsizlik masalalari bo‘yicha vakillari bilan onlayn shaklda uchrashdi. Virtual muloqotda Milliy inson huquqlari institutlarining global alyansi tomonidan Ombudsman statusining qayta ko‘rib chiqilishi munosabati bilan amalga oshirilishi kerak bo‘lgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi taklifi bilan tashkil etilgan onlayn muloqotda inson huquq va erkinliklarini himoya qilishda Ombudsmanning o‘rni va ahamiyatiga, konstitutsiyaviy maqomiga, murojaatlar bilan ishlash, qiynoqlarni oldini olish va bu borada fuqarolik instituti vakillari bilan hamkorliligi haqida so‘z bordi.

Samimiy va konstruktiv ruhda o‘tgan uchrashuv yakunida tomonlar istiqboldagi hamkorlik loyihalari yuzasidan fikr almashishdi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati