Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman va YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori bilan uchrashdi
2024 yilning 25 yanvar kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova  YEXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori rahbari V.B. Zilke Klyover bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Ombudsman mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini taʼminlash sohasidagi olib borilayotgan ishlar va bu jarayonlarda Vakil faoliyatining ham yana-da mustahkamlanayotganligi, xududlarda Ombudsman mintaqaviy vakillari doimiy asosda ishlayotgani va konstitutsiyaviy islohotlar doirasida Ombudsman vakolati kengayganiga to‘xtaldi.

O‘zaro muloqot davomida Ombudsman instituti tomonidan fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi, jazoni ijro etish muassasalariga o‘tkazilayotgan monitoring tashriflari va ularda fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, hamda OAVning ishtiroki haqida so‘z bordi.  

Suhbat davomida Zilke Klyover xonim Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning inson huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida hamkorlikni yana-da mustahkamlashdan manfaatdor ekanligini bildirdi.

Samimiy va konstruktiv ruhda o‘tgan uchrashuv yakunida tomonlar istiqboldagi hamkorlik loyihalari yuzasidan fikr almashishdi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati