Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Yil davomida Pop tumanidagi koloniyada 300 nafardan ortiq mahkum kasb-hunarga o‘rgatildi
O‘zbekiston Respublika Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakili tashabbusi bilan viloyatdagi jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan mahkumlar kasb-hunarga o‘rgatilmoqda.

Bayram arafasida Pop tumanida joylashgan 6-son jazoni ijro etish koloniyasida Ombudsman, “Hunarmand” uyushmasining Namangan viloyati boshqarmasi hamda viloyat “Oshpazlar” uyushmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan kurslarni tamomlagan 50 nafarga yaqin mahkumga sertifikatlar topshirildi. Ular chinni fayans va sopol buyumlar tayyorlash, hajmli va shaklli qolipli shakllarda quyilgan buyumlar tayyorlash, mualliflik mebellari tayyorlash, gul bosilgan gazlamalar va chokli buyumlar, metaldan buyumlar yasash, charm mahsulotlarini tayyorlash, shuningdek, oshpazlik yo‘nalishlarida hunar o‘rganishdi.

Qayd etish lozimki, yil davomida ushbu muassasadagi 300 nafardan ortiq mahkumlar turli kasb-hunarlarga o‘qitilgan.

Shuningdek, Ombudsmanning Namangandagi vakili 10 nafardan ortiq mahkumlar murojaatlarni qabul qildi.

Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati

Yangiliklar kategoriyalari