Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Qiynoq holatlari Ombudsman tomonidan doimo nazoratga olingan holda o‘rganiladi
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Shaxsga nisbatan zo‘ravonlikning navbatdagi ko‘rinishi bojxonachilardanligi to‘g‘risida shikoyat kelmoqda” nomli xabar Ombudsman tomonidan nazoratga olingan holda o‘rganildi.

Xabar va unga ilova qilingan shikoyatlarda gumonlanuvchi E.E. Bojxona xizmati xodimlari tomonidan ushlanib, giyohvandlik moddasi bo‘yicha so‘roq qilinib, tanasining turli joylariga elektroshoker qo‘llanilgani va kaltaklanganini qayd etgan. Shuningdek, shikoyatda ushbu holat bo‘yicha Toshkent viloyati Bojxona xizmati xodimlariga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishi so‘ralgan.

Biroq, gumonlanuvchi E.E. tomonidan u ushlab turilgan joy haqida maʼlumot berilmagan. Shu bois, Ombudsman xodimlari tomonidan tezkorlik bilan xabarda qayd etilgan gumonlanuvchi E.E.ning shaxsiga va u ushlab turilgan joyga aniqlik kiritildi. Maʼlum bo‘lishicha, gumonlanuvchi E.E. Toshkent viloyatidagi 1-son Tergov hibsxonasida ushlab turilgan.

Ushbu xabar yuzasidan Ombudsmanning Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili hibsxonaga borib, gumonlanuvchi E.E. bilan holi tarzda suhbatlashdi. gumonlanuvchidan yuqoridagi holat yuzasidan batafsil tushuntirish olindi va shikoyat qabul qilindi.

Xabarda qayd etilgan holat va gumonlanuvchi E.E.ning Ombudsman nomiga yozgan shikoyati Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq, ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga Ombudsman talabnomasi bilan kiritildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Axborot xizmati