Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsmanga xizmat xaqini undirish bo‘yicha jamoaviy murojaat kelib tushdi
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga Surxondaryo viloyati, Boysun tumanidan xizmat xaqini undirish bo‘yicha jamoaviy murojaat kelib tushdi.

Murojaatda ko‘rsatilishicha, 7 nafar fuqaro “Kapital ulgurji savdo” MCHJ bilan kelishib, Termiz shahridagi 2 km yo‘lni asfalt qilib, yo‘laklarni bo‘yab berishgan. Lekin, barcha ishlar bitgach, MCHJ rahbari oldindan kelishilgan 30 mln so‘m xizmat xaqini bermagan.

Mazkur murojaat Ombudsman nazoratiga olinib, Surxondaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda ko‘rib chiqildi. Natijada “Kapital ulgurji savdo” MCHJdan 7 nafar fuqaroga barcha kelishilgan summa undirib berildi. 

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati