Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman Navoiyda fuqarolar qabulini o‘tkazdi
Joriy yilning 8 sentyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Navoiy viloyatida sayyor qabuli tashkil etildi.

Qabulda 50 nafarga yaqin fuqarolar turli masalalarda murojaat qilishdi. Baʼzi fuqarolarga murojaatlari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, joyiga chiqib o‘rganish talab etiladigan murojaatlar Ombudsmanning Navoiydagi mintaqaviy vakiliga o‘rganish uchun yo‘naltirildi.

Qolgan murojaatlar Ombudsman nazoratiga olindi.

Eslatib o‘tamiz, fuqarolar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Ombudsmanning hududlardagi mintaqaviy vakillariga ham murojaat qilishlari mumkin. Ularning ism-shariflari, vazifalari, qabul kunlari, manzili va telefon raqamlari haqida ombudsman.uz sayti orqali maʼlumotga ega bo‘lishingiz mumkin.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati