Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga 2023 yilning 1-yarim yilligida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar va ularni ko‘rib chiqish natijalariga bag‘ishlangan BRIFING
2023 yilning 1-yarim yilligi davomida Ombudsmanga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, xorijiy davlatlar fuqarolari va ombudsmanlari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, jamoat tashkilotlari va boshqa yuridik shaxslardan jami 7107 ta murojaat kelib tushdi. Murojaatlarning 12 tasi belgilangan tartibda anonim deb topilgan.

Takroriy murojaatlar soni hisobot davrida 1746 tani tashkil etdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 125 taga kamdir. Takroriy murojaatlarni kamaytirish maqsadida, fuqarolarga telefon orqali murojaatlari bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berilmoqda, joylarda sayyor qabullar tashkil etilib, viloyat, shahar va tumanlarda aholining huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan “Ombudsman maktabi” tadbirlari o‘tkazilmoqda. 

 “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 28-moddasiga muvofiq Ombudsman xodimlari tomonidan takroran kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha 533 ta dalolatnomalar rasmiylashtirilib, murojaatlar o‘rganilgan, 740 ta holatda murojaatlarda ko‘tarilgan muammolarni hal etishga doir huquqiy tushuntirish va yozma javob xatlari yuborilgan. 34 ta holatda murojaatlarda yangi vajlar yoki yangidan ochilgan holatlar keltirilmaganligi, murojaatdagi materiallar o‘rganib chiqilganligi va murojaat qiluvchiga belgilangan tartibda javob berilganligini inobatga olib, ushbu murojaatlarni ko‘rib chiqilishining tugatilishi to‘g‘risida xulosalar rasmiylashtirildi va murojaatchilarga bu haqida xabar berilgan.

Jami murojaatlarning 27,1% fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklariga, 28,7% ijtimoiy huquqlarga, 31,4% iqtisodiy huquqlarga, 10,8 % fuqarolarning murojaat etish va 1,9% ekologik huquqlarga oid. 

Murojaatlar hududlar kesimida tahlil qilinganda, eng ko‘p murojaatlar Toshkent shahri, Qashqadaryo, Surxondaryo, Toshkent va Samarqand viloyatlaridan, eng kam murojaatlar esa Sirdaryo viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasidankelib tushgan. 

Ombudsman tomonidan hisobot davrida davlat organlari va tashkilotlar mansabdor shaxslariga 76 ta taʼsir choralari shaklidagi hujjatlar kiritildi. Shundan, 12 tasi taqdimnoma va 6 tasi Vakil xulosasi hamda 58 ta daʼvo ariza va arizalardir. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 barobarga oshgan. 

Ombudsman Kotibiyati xodimlari sud majlislarida 80 marotabadan ortiq kuzatuvchi sifatida ishtirok etishgan

30 ga yaqin fuqarolarning asossiz ishdan bo‘shatilgaligi aniqlanib, ularning ishga tiklanishiga erishilgan. 6 ta holatda inson huquqlari va erkinliklari buzilganligi sababli ish beruvchi (rahbar) maʼmuriy javobgarlikka tortilgan.

11 nafar fuqaroga 1.5 mlrd so‘mdan ortiq kompensatsiya to‘lovlari undirib berildi. 21 ta holatda fuqarolarga jami 212,5 mln so‘mga yaqin  ish haqi, aliment va boshqa to‘lovlar undirilgan.

2 ta holatda fuqarolarning kommunal to‘lovlar bo‘yicha 8 mln  so‘mga yaqin noreal qarzdorligi bartaraf etilgan. 

4 nafar fuqaroga davolanish uchun 22 mln 620 ming so‘m moddiy yordam ajratilishida amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

4 nafar fuqaroga davolanishi uchun Order olib berilgan.

1 ta holatda MFYning tegishli tavsiyanomasi bilan qonuniy imtiyozga ega  fuqaroning OTMga qabul qilinishiga erishilgan.

“Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uyida saqlanayotgan 40 nafar shaxslarning tug‘ilganlik fakti belgilanib, ularga ID kartalar rasmiylashtirilgan.

4 ta holatda ichki ishlar organlari xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari uchun ularga nisbatan xizmat tekshiruvlari tayinlangan va intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan.

4 ta holatda Ombudsman aralashuvi bilan ichki ishlar organlari masʼullari  tomonidan qabul qilingan qarorlarning qonuniyligi prokuratura organlari orqali tekshirilib bekor qilingan.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati