Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Rasmiy munosabat. Mahkum Ravshanbek Umarov onasining qiynoq bo‘yicha video murojaati o‘rganildi – Ombudsman
Facebook ijtimoiy tarmog‘ida mahkum Ravshanbek Umarov onasining video murojaati Ombudsman tomonidan o‘rganildi.

Maʼlum bo‘lishicha, video murojaatda qayd etilgan Ravshanbek Umarov Navoiy viloyatidagi 11-son jazoni ijro etish koloniyasida jazo muddatini o‘tab kelmoqda.Olingan maʼlumotga ko‘ra, mahkum R.Umarov joriy yilning olti oyi davomida yaqin qarindoshlari bilan 8 marotaba telefon orqali suhbatlashgan va 3 marotaba uzoq muddatli uchrashuvda bo‘lgan hamda 4 marotaba uzatmalarni qabul qilgan.

Video murojaatda qayd etilgan holatlarga aniqlik kiritish maqsadida, joriy yilning 7 avgust kuni Ombudsmanning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili Ombudsman huzuridagi Jamoatchilik guruhlari aʼzolari bilan birgalikda 11-son jazoni ijro etish koloniyasiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida mahkum R.Umarov bilan holi tarzda uchrashilib, suhbatlashildi. Suhbat davomida mahkum R.Umarov koloniyada yashash, ovqatlanish, yuvinish, tibbiy xizmat ko‘rsatish va boshqa maishiy sharoitlar bo‘yicha eʼtirozi yo‘qligini, u tomonidan yozilgan murojaatlar, xatlar tegishli manzillarga yuborilayotganligini hamda tazyiq va bosimlar o‘tkazilmayotganligini maʼlum qildi. U suhbat davomida o‘ziga nisbatan chiqarilgan sud hukmlaridan norozi ekanligini bildirib o‘tdi.Mintaqaviy vakil tomonidan muammo yechimi yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.Murojaat nazoratga olindi.

Mahkum R.Umarov bilan o‘tkazilgan suhbat davomida koloniya xodimlarining xatti-harakatlaridan yoki boshqa masalalar yuzasidan murojaat qoldirishi mumkinligi so‘raldi. U koloniya xodimlariga nisbatan shikoyati yo‘qligini va murojaat ham qoldirmasligini maʼlum qildi.

Qayd etib o‘tish joizki, Ombudsman, uning xodimlari va Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan Ombudsman huzuridagi Jamoatchilik guruhlari bilan birgalikda muntazam ravishda 11-son jazoni ijro etish koloniyasiga monitoring tashriflari amalga oshirilmoqda. Xususan, joriy yilning o‘tgan davrida Ombudsmanning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili Ombudsman huzuridagi Jamoatchilik guruhlari aʼzolari bilan birgalikda ushbu koloniyaga 6 marotaba monitoring tashriflari amalga oshirilgan. Ushbu tashriflar davomida mahkum R.Umarov biror marotaba murojaat qilmagan va shikoyat qoldirmagan.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati