Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Qiynoqqa solish holatlarini aniqlash va oldini olish yuzasidan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tomonidan 2023-yil 1-yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan BRIFING
2023 yil 1-yarim yilligida Ombudsman va uning huzuridagi Jamoatchilik guruhlari tomonidan harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarga 348 marotaba monitoring tashriflari amalga oshirildi. 2022-yilning  1-yarim yilligida bu ko‘rsatkich 156 marotabani tashkil etgan.

Hisobot davrida 113 ta jazoni ijro etish koloniyasi, 81 ta tergov hibsxonasi, 43 ta vaqtincha saqlash hibsxonasi, 31 ta narkologiya markazi filiallari, 27 tamaxsus qabulxona, 16 taSahovat” va “Muruvvat” uylari,15 ta reabilitatsiya markazi, 10 ta ruhiy-asab kasalliklari dispanseri, ta Ichki ishlar organlari hamda ta Mastlik holatida bo‘lganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish punktlari o‘rganilgan.

Ombudsman boshchiligida o‘tkazilgan monitoring tashriflarida Jamoatchilik guruhlari tarkibida xalqaro va mahalliy NNT, OAV, bloger, psixolog, pedagog va tibbiyot xodimlari ishtirok etishdi.

Monitoring tashriflari davomida 7 mingga yaqin mahkum va mahbuslar bilan jamoaviy hamda 2 417 nafar yaʼni o‘tgan yilning shu hisobot davriga nisbatan 66,6 foizga ko‘proq mahkumlar (mahbuslar) bilan yakka tartibda suhbatlar o‘tkazildi.

Monitoring tashriflari davomida ushbu muassasalarda saqlanayotgan shaxslarni yashash, ovqatlanish, mehnat qilish hamda tibbiy yordam ko‘rsatish holati va sifati, saqlanayotgan shaxslar uchun olib borilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy ishlar hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilayotganligi va boshqa shu kabi holatlar o‘rganildi.

Qolaversa, Mintaqaviy vakillar tomonidan harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarga amalga oshirilgan monitoring tashriflari davomida joylardagi mutasaddi organlar va tashkilotlar vakillari bilan hamkorlikda sayyor qabullar, tibbiy ko‘rik va boshqa tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Ombudsmanning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi mintaqaviy vakili tomonidan Qo‘ng‘irot tumanidagi 27-son Manzil-koloniyasida mahkum va mahkumalar uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Ombudsmanning Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan “Hunarmand” uyushmasi Namangan viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda viloyatning Pop tumanidagi 6-son Jazoni ijro etish koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar uchun “Ustoz-shogird anʼanasi” asosida hunarmandchilikning “Metall buyumlarni yasash” yo‘nalishi bo‘yicha 2 oylik o‘quv kursi tashkil etildi. Mazkur o‘quv kursini tamomlagan 56 nafar mahkumlarga sertifikatlar topshirildi.

Ombudsmanning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakilining tashabbusi bilan viloyatidagi koloniyalarda jazo muddatini o‘tayotgan yosh mahkumlar orasida intellektual musobaqalar ham o‘tkazildi.

Ombudsman va Jamoatchilik guruhlari tomonidan yopiq muassasalarga amalga oshirilgan monitoring tashriflari davomida aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha joriy yilning birinchi yarim yilligi davomida Ombudsman tomonidan mutasaddi vazirlik va idoralarga ta talabnoma, ta taqdimnoma, ta xulosa va ta tahliliy axborot hamda Oliy Majlis palatalariga ta tahliliy maʼlumotlar kiritildi.

Ombudsman nomiga 2023-yil 1-yarim yilligida harakatlanish erkinligi cheklangan yopiq muassasalarda saqlanayotgan shaxslar hamda ularning yaqin qarindoshlari va himoyachilari (advokatlari) tomonidan jami 1 522 ta murojaatlar kelib tushgan. Bu ko‘rsatkich 2022 yilning shu davriga nisbatan 69 taga yoki 4,3 foizga kamaygan.

Murojaatlarni ko‘rib chiqish davomida 10 yaqin mahkumlar yashash joyiga yaqin bo‘lgan jazoni ijro etish muassasalariga o‘tkazilgan. 57 nafar mahkumning oila aʼzolariga moddiy yordam ajratilishiga va 17 nafarining yaqin qarindoshlariga tibbiy xizmat ko‘rsatilishiga erishildi. Shuningdek, 50 ga yaqin “Muruvvat” uyida saqlanayotgan shaxslar, mahkum va mahbuslarga va ularning farzandlariga ID-kartalar olinishida amaliy yordam ko‘rsatildi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan harakatlanish erkinligi cheklangan yopiq muassasalarda saqlanayotgan shaxslarga nisbatan ruhiy, psixologik, jismoniy bosim o‘tkazilganligi yoki boshqacha tarzda bosim o‘tkazilganligi yuzasidan Ombudsmanga 125 ta shikoyatlar kelib tushgan. Ularning 19 tasi bevosita monitoring tashriflari davomida amalga oshirilgan yakka tartibdagi qabullarda, 18 tasi  “Ombudsman qutisi”, 40 tasi penitensiar muassasalar maʼmuriyati va mahkumlarning (mahbuslarning) yaqin qarindoshlari tomonidan pochta aloqasi xizmati orqali, 21 tasi Ombudsman va uning masʼul xodimlari tomonidan amalga oshirilgan shaxsiy qabullar, 22 tasi elektron tarzda va tasi Ombudsmanning “Ishonch telefoni” orqali kelib tushgan.

Ushbu shikoyatlarning 64 foizi yuzasidan xodimlarning xatti-harakatlariga nisbatan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvlari hamda prokuratura organlari tomonidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv yakunlariga ko‘ra o‘z tasdig‘ini topmagan.

Shikoyatlarning 8 tasi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasining 2-bandiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish haqida qabul qilingan qarorlar Ombudsmanning xatiga asosan yuqori turuvchi prokurorlar tomonidan bekor qilinib, qo‘shimcha tergovga qadar tekshiruv harakatlarini o‘tkazish belgilangan.

Shuningdek, 37 ta shikoyat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda.

Taʼkidlash joizki, Ombudsman tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan shu mazmundagi 20ga yaqin xabarlar zudlik bilan o‘rganilib, Bosh prokuraturaga Ombudsman talabnomalari kiritilgan.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati