Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi
2023 yilning 28 iyul kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi.

Qabulga 20 ga yaqin fuqarolar kelib, ish haqini undirish, moddiy yordam olish, uy-joy, Oliy sud raisi qabuliga kirish hamda sud tergov jarayonlariga oid murojaatlarini qoldirishdi.

Fuqarolar murojaatlari Ombudsman nazoratiga olindi.

Eslatib o‘tamiz, fuqarolar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Ombudsmanning hududlardagi mintaqaviy vakillariga ham murojaat qilishlari mumkin. Ularning ism-shariflari, vazifalari, qabul kunlari, manzili va telefon raqamlari haqida ombudsman.uz sayti orqali maʼlumotga ega bo‘lishingiz mumkin.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati