Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Xalqaro kuzatuvchilarning saylov jarayonlarini borishi haqidagi fikrlari
Shu kunlarda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova mamlakatimizga saylov jarayonlarini kuzatish uchun kelgan hamkasb xalqaro kuzatuvchilar bilan uchrashmoqda. Joriy yilning 8 iyul kuni Qozog‘iston Respublikasi Atirau viloyatidagi Inson huquqlari bo‘yicha vakil Almaz Abildayev bilan, bugun, yaʼni 9 iyul kuni Rossiya Federatsiyasi Sverdlovsk viloyatidagi Inson huquqlari bo‘yicha vakil T.Merzlyakova va Novosibirsk viloyatidagi Inson huquqlari bo‘yicha vakil N.Shalabayevalar bilan uchrashdi.

Uchrashuv jarayonida F.Eshmatova tomonidan mamlakatimizda so‘nggi yillarda inson huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida olib borilayotgan islohotlar, xususan joriy yilning30 aprel kuni O‘zbekiston tarixida birinchi marta referendum asosida oliy huquqiy hujjat - Yangi Konstitutsiya qabul qilinganligi, unda inson huquqlari tomoyillari eng oliy qadriyat darajasiga ko‘tarilganligi taʼkidlandi.

Suhbat davomida mehmonlarga institutining fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha harakatlanish erkinligi cheklangan yopiq muassasalarga amalga oshirilayotgan monitoring tashriflari, xalqaro hamkorlik, huquqiy tahlil va fuqarolik jamiyati institutlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik to‘g‘risida maʼlumot berildi.

Shuningdek, suhbat davomida 2022 yildan eʼtiboran Ombudsmanning hududlardagi mintaqaviy vakillari faoliyati yo‘lga qo‘yilgani va bu murojaatlarni zudlik bilan joyiga chiqib o‘rganish imkonini berayotgani qayd etildi.

Rossiya Federatsiyasining Sverdlovsk va Novosibirsk viloyatlaridagi Ombudsmanlar saylovga katta tayyorgarlik ko‘rilgani va unda hech qanday qonun buzilish holatlari yoki kamchiliklar bo‘lmaganini, barcha jarayonlar ochiq va shaffof tarzda tashkil etilganligini qayd etishdi. Saylovchilarga ovoz berishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan, muhimi fuqarolar befarq emas – dedi Sverdlovsk viloyatidagi Inson huquqlari bo‘yicha vakil T.Merzlyakova.

Uchrashuv davomida Ombudsmanlar inson huquqlarini taʼminlash borasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash hamda fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish va tajriba almashish borasida fikr almashishdi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati