Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsmanga 75 yoshni qarshilagan ota “Saxovat”uyiga joylashtirishni so‘rab murojaat qildi
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsaman)ning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili Gulnora Abduvaxidovaga Xo‘jaobod tumanida yashagan 75 yoshli ota murojaat qilib, “Saxovat” internat uyiga joylashtirilishda yordam so‘radi.

Aniqlanishicha, murojaatchi 2013 yilda “Saxovat” internat uyiga joylashtirilgan. Oradan 9 yil o‘tib murojaatchining o‘g‘li S.X. otasini o‘z xonadoniga olib ketadi. Lekin, 3 oydan so‘ng, yaʼni 2023 yil yanvar oyida Buloqboshi tumanida yashovchi xolasining uyiga olib borib qo‘yadi.

Murojaatchi, arizasida betobligi, opasi ham yoshi kattaligi sabab qo‘zi ko‘rmay qolganligi va uning qizi 1-guruh nogironi ekanligini bildirgan. 75 yoshli ota “Saxovat” internat uyiga qayta joylashtirish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga murojaat qilgani, lekin, ijobiy javob olmaganini maʼlum qilgan.

Mazkur murojaat Ombudsmanning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili nazoratiga olinib, Andijon viloyati Tibbiy ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boshqarmasi murojaat qilindi. Natijada keksa murojaatchi “Saxovat” internat uyiga qabul qilinib, to‘liq davlat taʼminotiga olindi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati