Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsmanning Buxorodagi mintaqaviy vakili mahkum va mahbuslar murojaatlarini o‘rganmoqda
Joriy yilning 7 iyun kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili Abira Xuseynova Qorovulbozor tumanidagi 17-son JIEKda saqlanayotgan mahkum Sh.D.ning murojaati bo‘yicha monitoring tashrifini amalga oshirdi.

Monitoring davomida Farg‘ona viloyatida yashagan mahkum Sh.D. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-modda 3-qismi bilan 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgani, 5 yarim yildan buyon jazo muddatini o‘tayotgani va salomatligi bo‘yicha bir qator muammolari borligini, hozirgi kunda qarindoshlaridan hech kim undan xabar olmayotganligini aytib yordam so‘radi.

Abira Xuseynova Ombudsmanning Farg‘ona viloyatidagi mintaqaviy vakili Alisher Kamilov bilan bog‘lanib, mahkumning ukasini IIB orqali topishda amaliy yordam so‘radi.

Shuningdek mahkumning sog‘lig‘ining yomonlashuvi bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha tegishli tashkilotlarga murojaat qilindi.

Shundan so‘ng ushbu JIEK da joylashgan Ombudsman qutilaridagi murojaatlar o‘rganish uchun olib ketildi.

2023 yil 8 iyun kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili(ombudsman)ning Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili Abira Xuseynova qamoqqa olingan shaxslarning murojaatlari hamda ularga yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganish maqsadida hududdagi 4-son tergov hibsxonasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi.

Ombudsmanning Buxorodagi mintaqaviy vakili tomonidan qamoqqa olingan shaxslar bilan “Sayyor qabul” o‘tkazilib, ularning muammo va takliflari eshitildi. Sayyor qabul davomida jami 8 nafar qamoqqa olingan shaxslarning murojaatlari qabul qilindi.

Qabuldan so‘ng qamoqqa olingan shaxslar saqlanadigan kameralarga birma-bir kirilib, mahbuslar bilan suhbat o‘tkazildi.

Tashrif yakunida Ombudsman qutisi ham ko‘zdan kechirilib, qoldirilgan murojaatlar o‘rganish uchun olib ketildi.

 Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati

Yangiliklar kategoriyalari