Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Sirdaryo viloyatidagi yopiq muassasalarga monitoring tashriflari amalga oshirildi 
Joriy yilning 25 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) hamda uning huzuridagi Qiynoq holatlarini aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha Jamoatchilik guruhlari aʼzolari tomonidan Sirdaryo viloyatidagi harakatlanish erkinligi cheklangan yopiq muassasalarga monitoring tashriflari amalga oshirildi. Unda “Huquqiy tayanch”, “Madad” NNT vakillari, Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili hamda Kotibiyat xodimlari ishtirok etishdi.

Jamoatchilik guruhi aʼzolari dastlab, 8-son Tergov hibsxonasida saqlanayotgan mahkum va mahbuslarning saqlash sharoitlarini o‘rganishdi.

Mahkum va mahbuslarning yaqin qarindoshlari hamda tergovchi advokatlar bilan uchrashuv xonalari holatlari o‘rganildi.

Hibsxonada 1 ta tibbiy bo‘linma mavjud bo‘lib, tibbiyot xodimlariga 10 ta shtat ajratilgan, hozirgi kunda bo‘sh ish o‘rinlari yo‘q.  Tartibot binosining barcha tibbiyot xonalari to‘liq tibbiy uskunalar va jihozlar taʼminlangan. Tibbiyot xonalari qayta taʼmirlangan bo‘lib, yetarli dori-darmon zaxirasi mavjudligi aniqlandi.

Mahkum va mahbuslar bilan jamoaviy hamda yakka tartibda suhbatlashildi va ular murojaatlari o‘rganildi.

Shuningdek, tergov hibsxonaga olib kelinadigan nogironligi bor mahbus va mahkumlarga yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.

Monitoring doirasida 40-son Manzil-koloniyada mahkumlarga yaratilgan sharoitlar ham o‘rganildi. Monitoring davomida yashash va ovqatlanish, mehnat qilish sharoitlari o‘rganildi.

Shuningdek, tashrif davomida mahkumlar bilan yakka tartibda suhbat o‘tkazildi.

Ombudsman hamda uning huzuridagi milliy preventiv mexanizm doirasida faoliyat yurituvchi Jamoatchilik guruhlari tomonidan respublika bo‘ylab harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan muassasalarga monitoring tashriflari davom ettiriladi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati