Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Navoiy viloyatidagi 11 sonli jazoni ijro etish koloniyasiga monitoring tarifi amalga oshirildi
2023 yilning 22 may kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili Sh.Djurayev boshchiligida, “Madad” NNT Navoiy shahar huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi I.Axatov, beshinchi mintaqaviy hudud mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi boshlig‘i podpolkovnik I.Sherovlar hamkorligida Navoiy shaxridagi 4-son jazoni ijro etish koloniyasiga monitoring tashrifi amalga oshirildi.

Dastlab Ichki ishlar vazirligi jazoni ijro etish Departamentining 5-mintaqaviy hudud muvofiqlashtirish markazi tasarrufidagi 4,5,11-sonli jazoni ijro etish muassasalari shaxsiy tarkiblari ishtirokida ZOOM platformasi orqali Ombudsmanning Navoiy viloyatidagi vakili tashabbusi bilan ishlab chiqilgan, koloniyalarda jazo muddatini o‘tayotgan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, maʼnaviy-maʼrifiy va madaniy tadbirlar rejasini yil boshidan buyon bajarilishi yuzasidan muassasa rahbarlarining hisobotlari tinglandi.

Shuningdek mintaqaviy vakil tomonidan qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi saylov uchastkalarini tashkil etish tartibi tushuntirildi. Qamoqda saqlash joylarida ushlab turilgan hamda qamoqqa olingan, shuningdek jinoyat sodir etganligi uchun sudnig hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar ovoz berish huquqiga ega ekanligiga alohida urg‘u berildi. Shundan kelib chiqib, uchastka saylov komissiyalari tomonidan ularni saylovchilar ro‘yxatiga kiritilishi va Konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirilishida masʼul ekanligiga alohida eʼtibor qaratildi.          

 Monitoring tashrifi davomida, jazo muddatini o‘tayotgan shaxslarga yaratilgan shart-sharoitlari, jumladan, turkum yotoqxonalari, maishiy xonalar, oshxonalar, hammomlar, kameralar ahvoli, kutubxonalar, davolash-profilaktika yordam ko‘rsatish bo‘limlari, uzoq va qisqa muddatli uchrashuv xonalari, ishlab chiqarish xududlari va ish joylari o‘rganilib, mahkumlar bilan jamoaviy hamda yakka tartibda suhbatlar o‘tkazildi. 

Shunigdek muassasalarda o‘rnatilgan Ombudsman qutilari ko‘zdan kechirildi va murojaatlar ijro uchun qabul qilindi.

Ishlab chiqarish korxonasidagi mavjud sexlarning ish faoliyati, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifati, mahkumlar uchun yaratib berilgan sharoitlar, ish o‘rinlari hamda ish davomida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi o‘rganildi. Aniqlanishicha, foydali mehnatga jalb etilgan mahkumlar maxsus kiyim bosh va himoya vositalar bilan taʼminlangan. Ular bilan suhbat o‘tkazilganda, oylik ish haqlarini o‘z vaqtida olayotganligi, ayrim mahkumlar ortib qolgan qismini oila aʼzolariga yuborayotganliklarini bildirishdi.

Mahkumlar uchun mo‘ljallangan umumiy ovqatlanish oshxonasidagi sharoitlar o‘rganilganda, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan meʼyorlar talabi asosida oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlanganligi, mahsulotlarni saqlanishida sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilinayotganligi, oshxona jihozlari va anjomlari bilan taʼminlanib, zaruriy sharoitlar yaratilganligi maʼlum bo‘ldi. 

Shundan so‘ng, mintaqaviy vakil tomonidan maxsus kontingent uchun sayyor qabul tashkil etilib, mahkumlarning murojaatlari tinglandi va shulardan 2 tasi joyida hal etildi va qolgan  3 tasi ijroga qaratilib nazoratga olindi.

 Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati