Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida “Ombudsman maktabi” loyihasi tadbiri bo‘lib o‘tdi
"O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida"gi Qonunning 20 prim 2 moddasida Vakil fuqarolarning inson huquqlari va erkinliklari sohasida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlari va xalqaro shartnomalari, xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan prinsiplari hamda normalari to‘g‘risidagi bilimi va xabardorligini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rishi belgilangan.

Qolaversa, Davlat rahbarining 2021 yil 11 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra, Ombudsmanning eng ustuvor vazifalaridan biri sifatida aholi orasida inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash hamda himoya qilish sohasidagi xalqaro va milliy qonunchilik normalarini targ‘ib qilish, shuningdek, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga ko‘maklashish belgilangan.

Shu nuqtai nazardan respublika bo‘ylab aholining huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan “Ombudsman maktabi” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning 5 may kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Surxondaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili tashabbusi bilan “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida Sho‘rchi tumanida tadbir o‘tkazildi.

Qayd etish lozimki, Ombudsmanga yuborilayotgan fuqarolar murojaatlari tahlili aholining mamlakatimizda inson huquq va manfaatlarini taʼminlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, ayollar, yoshlar, keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslarga belgilangan huquq va imtiyozlardan bexabar ekanliklarini ko‘rsatdi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Ombudsman instituti tomonidan murojaatlar hududlar kesimida tahlil qilindi va aholining huquqiy xabardorligini oshirishga zarurat bo‘lgan sohalar tanlab olindi.

“Ombudsman maktabi” loyihasini amalga oshirishdan maqsad –aholini mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini himoya qilish sohasidagi tub o‘zgarishlar haqida xabardorligini oshirishdan iborat.

Tadbirda dastlab Ombudsmanning Surxondaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili Abdurashid Artiqov ishtirokchilarni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, murojaat yuborish usullari va ularni ko‘rib chiqish tartibi, qabul kunlari, harakatlanish erkinligi cheklangan yopiq muassasalarga o‘tkazilayotgan monitoring tashriflari bilan tanishtirdi.

Shundan so‘ng tegishli davlat idoralari vakillari mehnat qonunchiligi va xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish borasida qonun hujjatlariga kiritilgan yangiliklar haqida tushuntirishlar berildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati