Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Nukusdagi tartibsizliklar bo‘yicha sudlangan 21 nafar shaxs ishi apellyatsiya tartibida ko‘rib chiqilmoqda
Komissiya aʼzolari 2022 yil 1-2 iyul kunlari Nukus shahridagi ommaviy tartibsizliklarni sodir etganlikda ayblangan shaxslarga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari bo‘yicha o‘tkazilgan birinchi instansiya sud muhokamalarida kuzatuvchi sifatida ishtirok etishgan edi.

Komissiyaga, ommaviy tartibsizliklarni sodir etganlikda ayblangan 22 nafar shaxsning ayrimlari tomonidan Komissiya aʼzolari apellyatsiya sudida ham ishtirok etishlari yuzasidan iltimosnomalar kelib tushgan.

2023 yilning 5 may kuni Oliy sud zalida 21 nafar shaxsga nisbatan apellyatsiya sud jarayonlari boshlandi. (Sudlanganlardan biri Polat Shamshetov vafot etgan)

Sud jarayonlarida Mustaqil komissiya aʼzolari ishtirok eshitmoqda.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Axborot xizmati