Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Nukusdagi tartibsizliklar bo‘yicha sudlangan 44 nafar shaxslarning oila aʼzolari tomonidan yuborilgan murojaat ijobiy hal etildi
Avval xabar berganimizdek, Mustaqil komissiyaga 22 va 39 nafar shaxslarning oila aʼzolari va yaqinlari sudlanganlar bilan qo‘shimcha qisqa muddatli uchrashuvlarni tashkil etishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilishgan edi.

Nukusdagi tartibsizliklar bo‘yicha Buxoro viloyatida bo‘lib o‘tgan sud jarayonlarida jami 61 nafar sudlangan bo‘lsa, ulardan 16 nafari sud zalidan ozod qilingan, bir nafari esa vafot etgan edi.

44 nafar sudlanganlarning yaqinlari tomonidan yuborilgan mazkur murojaat Qoraqalpog‘iston Respublikasida yuz bergan holat va voqealarni o‘rganish bo‘yicha komissiya aʼzolari tomonidan o‘rganib chiqildi va murojaatni ijobiy hal etish bo‘yicha Oliy sudga iltimosnoma kiritildi. Insonparvarlik tamoyillari asosida iltimosnoma qanoatlantirildi.

Shundan so‘ng, Buxoro viloyatidagi tergov hibsxonasida saqlanayotgan  sudlanganlarning oila aʼzolari bilan uchrashuvlarini tashkillashtirish, yo‘l xarajatlarini qoplash masalasida Jo‘qorg‘i Kenesga hamda qisqa muddatli uchrashuvlar uchun kerakli sharoitlarni hozirlash bo‘yicha Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish departamenti tergov hibsxonasiga  murojaat qilindi.

Natijada 2023 yilning 30 mart kuni 39 nafar tergov hibsxonada saqlanayotgan sudlangan shaxslarning 77 nafar oila aʼzolari va yaqinlari bilan qisqa muddatli uchrashuvlari tashkil etildi. Qolgan 5 nafar sudlangan shaxslarning yaqinlari uchrashuvlarda ishtirok etmasligini bildirgan. 

Shuningdek, sudlanganlarga qo‘shimcha yo‘qlovlar ham kiritildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati

Yangiliklar kategoriyalari