Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
2 yilga kechikkan uy: Ombudsman fuqaro manfaatida sudga daʼvo ariza kiritdi
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili Odilbek Ollayorov nomiga Urganch shahrida yashovchi fuqaro X.R. yangi uy-joy sotib olish bo‘yicha tuzilgan shartnoma shartlari 2 yildan beri bajarilmagani bo‘yicha murojaat qildi.

Murojaatchining yozishicha, 2020 yil 31 yanvar kuni Urganch tumanida faoliyat yurituvchi “F E” MCHJ shaklidagi qurilish korxonasi bilan ko‘p qavatli turar joydan uy sotib olish bo‘yicha shartnoma tuzilgan. Shartnomaga asosan to‘lanishi lozim bo‘lgan summa tasdiqlangan jadval asosida to‘langan. 2020 yilning 31 dekabriga qadar  egasiga topshirilishi kerak bo‘lgan uy oradan 2 yil o‘tsa ham qurib bitkazilmagan.

Fuqaro X.R. qurilish korxonasidan pullarini qaytarib olish bo‘yicha bir nechta tegishli davlat tashkilotlariga murojaat qilgan bo‘lsada, bundan ijobiy natija bo‘lmaganini bildirib, ushbu masalani ijobiy hal qilishda yordam so‘radi.

Mazkur murojaat va unga ilova qilingan hujjatlar mintaqaviy vakil tomonidan o‘rganib chiqilganda arizada keltirilgan vajlar o‘z tasdig‘ini topdi.

Shuningdek, ariza muallifining shaxsi o‘rganilganda uning haqiqatdan ham hozirgi kunda o‘ziga tegishli bo‘lgan yashash joyi mavjud emasligi, oilasi bilan ijarada turishi, oilasining ahvoli moddiy jihatdan yaxshi emasligi maʼlum bo‘ldi.

Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudiga fuqaro X.R. manfaatlarini ko‘zlab daʼvo arizasi kiritildi.

Sud fuqaro manfaatida kiritilgan daʼvo arizani to‘liq qanoatlantirib, javobgardan fuqaro X.R. foydasiga shartnoma bo‘yicha to‘langan mablag‘ hamda shartnoma shartlarining vaqtida bajarilmagani uchun hisoblangan peniya summasini undirish to‘g‘risida hal qiluv qarori chiqarildi.

Hal qiluv qarorida ko‘rsatilgan summa fuqaro X.R.ga to‘liq undirib berildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati

Yangiliklar kategoriyalari