Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsmanning Sirdaryodagi mintaqaviy vakilining navbatdagi sayyor qabulida 15 ga yaqin murojaatlar kelib tushdi
2023 yilning 15 mart kuni Sirdaryo viloyatining Guliston shahridagi “Do‘stlik” mahallasida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Sirdaryodagi mintaqaviy vakili Guliston shahar adliya bo‘limi hamkorlikda “Sayyor qabul” tashkil etdi.

Sayyor qabulda 14 ta murojaat kelib tushdi, shundan, Monomarkazlarda kasbga o‘qitish, sog‘lig‘ini tiklash va ijtimoiy yordam olish masalalarida kelgan 8 nafar fuqaroning murojaati joyida hal etildi.

Murojaatni o‘rganish muddat talab qiladigan 6 ta ariza Ombudsmanning Sirdaryodagi mintaqaviy vakili Shuhrat Alimov tomonidan nazoratga olindi.

Shuningdek, qabul davomida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga huquqiy maslahatlar berildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati

Yangiliklar kategoriyalari