Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Navoiydagi harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan muassasalarda tibbiy xodimlar yetishmasligi aniqlandi
2023 yilning 7 mart kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili Sh.Djurayev, “Madad” NNT Navoiy shahar huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi bilan Zarafshon shahridagi 12-sonli jazoni ijro etish koloniyasi, 36-sonli Manzil-koloniyasi va IIB huzuridagi vaqtincha saqlash hibsxonasiga monitoring tashriflarini amalga oshirdi.

Monitoring davomida, harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan muassasalarda yaratilgan shart-sharoitlar, jumladan, yotoq joylari, maishiy xonalar, oshxonalar, hammomlar, kameralar holati, kutubxonalar, davolash-profilaktik yordam ko‘rsatish bo‘limlari, uzoq va qisqa muddatli uchrashuv xonalari, ishlab chiqarish hududlari ko‘zdan kechirildi.

Shunigdek, muassasalarda o‘rnatilgan “Ombudsman qutilari” ko‘zdan kechirilib, murojaatlar ijro uchun qabul qilindi. Yopiq muassasalarda saqlanayotgan shaxslarning so‘roviga ko‘ra, ular bilan yakka tartibda uchrashuvlar o‘tkazildi va murojaatlar nazoratga olindi. Uchrashuvlarda saqlash shart-sharoitlari va qiynoqqa solish holatlari yuzasidan shikoyatlar kelib tushmadi. Murojaatlarning aksariyati, tayinlangan jazo yengillashtirilishida, jazo muddatini o‘tashi davomida intizomga amal qilmagani uchun qo‘llanilgan intizomiy choralarni muddatidan oldin olib tashlashda hamda oilasiga moddiy yordam ajratilishida va oilaviy sharoitini inobatga olib, yashash hududiga yaqin joydagi koloniyalardan biriga o‘tkazish masalasida bo‘ldi.

Mahkumlarni davolash uchun dori vositalari zaxirasi, ularni saqlash muddati va tartibi, muolajalarni qayd etish kitoblari, mavjud tibbiy asbob-uskunalar, tibbiyot xodimlarining belgilangan shtat birligi bo‘yicha shakllanganligi o‘rganildi va 2019 yildan buyon teri-tanosil kasalliklari shifokori hamda bitta o‘rta tibbiyot xodimi – feldsher shtati bo‘sh turgani maʼlum bo‘ldi.  

Davolash bo‘limida davolanayotgan mahkumlar holidan xabar olindi, ular bilan suhbat o‘tkazilib ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatning o‘z vaqtida ko‘rsatilishi va sifati bo‘yicha maʼlumotlar olindi.

Tashrif davomida mahkumlar bilan jamoaviy uchrashuv o‘tkazilib, qonunchilikdagi yangiliklar xususida maʼlumotlar berildi.

  Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati