Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Xorijiy yetakchi onlayn nashrlarda Ombudsman faoliyatiga oid xabarlar eʼlon qilindi
Ispaniyaning yetakchi onlayn nashri «El Mundo Financiero» yana O‘zbekiston mavzusiga murojaat qildi. Bu gal nashr joriy yil 23 fevral kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan «Inson huquqlari va erkinliklarining ishonchli himoyasi borasida o‘zaro hamkorlik» mavzusidagi xalqaro konferensiya tafsilotlarini qalamga oldi. “Inson huquqlari va erkinliklarini ishonchli himoya qilish sohasidagi o‘zaro hamkorlik” sarlavhasi bilan chop etilgan materialda “O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyevning siyosiy irodasi, davlat va jamiyatni demokratlashtirish borasida keng ko‘lamli islohotlar, demokratik institutlar barpo etilishi  hamda Ombudsman faoliyati samaradorligi qayd etilgan.

Nashrning yozishicha, tadbirda ishtirokchilar inson huquq va erkinliklarini amalga oshirishda teng imkoniyatlarni taʼminlash, nogironlar uchun yetarli shart-sharoitlarni yaratish dolzarb masalalardan biri ekanligini taʼkidlashgan. Shuningdek, «El Mundo Financiero» 2022 yilda Ombudsman va uning huzuridagi Jamoatchilik guruhlari tomonidan bajarilgan ishlar bo‘yicha taqdim etilgan statistik raqamlarga ham eʼtibor qaratgan. Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili institutiga asos solinganligining 28 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan anjuman doirasida, O‘zbek tomoni, Vengriya va Serbiya davlatlari Ombudsmanlari bilan ikki tomonlama hamkorlik memorandumlarini imzoladi hamda xalqaro konferensiya yakunlari bo‘yicha Samarqand rezolyutsiyasini qabul qildi -   deb yozadi nashr.

Shuningdek, xalqaro konferensiya Hindiston ommaviy axborot vositalarining “Diplomacy India» hamda  “Sarkaritel” axborot portallarida ham yoritildi, anjuman tafsilotlariga doir turkum maqolalar eʼlon qilindi.

Yangiliklar kategoriyalari