Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Sirdaryodagi asab va Ruhiy kasalliklari shifoxonasining taʼmir talab ekanligi aniqlandi
2023 yil 17 fevral kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili Shuhrat Alimov Sirdaryo viloyati asab va Ruhiy kasalliklari shifoxonasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi.

130 o‘ringa mo‘ljallangan shifoxonaga monitoring o‘tkazilgan kunda bemorlar soni 161 nafarni tashkil etdi.

Mazkur shifoxona 2022 yilning IV choragida Guliston shahriga ko‘chirilishi belgilangan, biroq ishlar cho‘zilib ko‘chirish ishlari mart oylariga qoldirilgan. Shifoxonaning moddiy texnik bazasi belgilangan talablarga javob bermaydi, bino ham taʼmirga muhtoj.

Dori-darmonlar taʼminoti va muddatlari bo‘yicha kamchiliklar aniqlanmadi, lekin ularni saqlash sharoitlari yetarli darajada emas.

Muassasa hududiga kuzatuv kameralari o‘rnatilgan.

Monitoring tashrifi davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

 Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati