Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsmanga jazo muddatini o‘tab, ozodlikka chiqqan shaxs murojaat qildi
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakili Diyor Husanovga shu yili ozodlikka chiqqan yigit murojaat qildi. Murojaatchining maʼlum qilishicha, bolaligida ota-onasi ajrashgan va bundan 15 yil avval onasi uni xolasiga tashlab ketgan. 2017 yilda qamalganida tug‘ilganlik guvohnomasi ham bo‘lmagan.

5 yillik jazo muddatini o‘tab chiqqan murojaatchi, hozirda yolg‘iz qarindoshi bo‘lgan xolasining uyida turgani, hayotini izga solishni, ishga joylashmoqchi ekanini, lekin, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni rasmiylashtirishda muammolar borligini bildirgan.

Aniqlanishicha, xolasining uy hujjatlari yo‘qolgani sababli, uni doimiy ro‘yxatga qo‘yishning imkoni bo‘lmagan.

Mazkur murojaat nazoratga olinib, Samarqand shahar prokuraturasi, IIB va hokimlik bilan hamkorlikda o‘rganib chiqildi. Murojaatchi shahar hokimligining balansida bo‘lgan obyektlardan biriga ro‘yxatga olindi. Shundan so‘ng, murojaatchiga Samarqand shahar IIB tomonidan ID karta rasmiylashtirildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati

Yangiliklar kategoriyalari