Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
“Inson huquqlari haftaligi” doirasida o‘quvchi-yoshlarning huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan tadbirlar tashkil etildi
Maʼlumki, Davlat rahbarining 2023 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi Milliy taʼlim dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida “Inson huquqlari haftaligi” eʼlon qilindi.

Ushbu Qaror ijrosini taʼminlash maqsadida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning hududlardagi mintaqaviy vakillari tashabbusi bilan o‘quvchi yoshlarning inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi xabardorligini oshirish yo‘nalishi bo‘yicha maʼrifiy-huquqiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Haftalik doirasida 2023 yilning 20 fevral kuni Buxoro davlat universitetida “Inson huquqlari oliy qadriyat” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etgan tadbirda dastlab, Ombudsmanning Buxoro viloyati mintaqaviy vakili Abira Huseynova so‘z olib, inson huquqlari eng oliy qadriyat ekani va qabul qilinayotgan barcha qonunlarning zamirida inson manfaati turganligini taʼkidlab o‘tdi.

Shu kuni Andijon davlat universitetida Ombudsmanning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili Gulnora Abduvaxidova tomonidan “Ombudsman va yoshlar” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Mazkur uchrashuvda yoshlarga inson huquqlarining konseptual asoslari va Ombudsmanning asosiy faoliyat yo‘nalishlari haqida maʼlumot berildi.

Joriy yilning 20 fevral kuni Guliston Davlat Universitetida o‘tkazilgan tadbir “Ombudsman va yoshlar uchrashuvi: Inson huquqlari – oliy qadriyat” mavzusiga bag‘ishlandi.

Ombudsmanning Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili Shuhrat Alimov tashabbusi bilan o‘tkazilgan tadbirda professor-o‘qituvchilar va Filologiya fakultetini ingliz tili yo‘nalishdagi 3-kurs talablari ishtirok etishdi.

Mazkur uchrashuvda inson huquqlari sohasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari, jumladan, taʼlim olish, yashash va boshqa shaxsiy huquqlari haqida batafsil maʼlumot berildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati