Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsmanga Xiva “Muruvvat” uyida yashovchi keksalardan murojaat kelib tushdi
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili Odilbek Alloyorovga Xiva “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan erkaklar uchun internat uyida yashovchi keksalardan murojaat kelib tushgan edi. Ushbu murojaatda 14 nafar qariyaning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari mavjud emasligi va ularni rasmiylashtirishda amaliy yordam berilishi so‘ralgan.

Mazkur murojaat nazoratga olinib, Xorazm viloyat Bojxona boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘rganish davomida murojaatda ko‘rsatilgan 14 nafar fuqarodan 5 nafarining shaxsi aniqlanib, ularga qonunda belgilangan tartibda shaxsini tasdiqlovchi hujjat – ID-kartalar rasmiylashtirilib berildi.

Qolgan 9 nafar keksalarning tug‘ilganlik faktini belgilash bo‘yicha Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tomonidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumanlararo sudiga daʼvo arizalari kiritildi. “Muruvvat” uyida o‘tkazilgan sayyor sud majlisida Ombudsman tomonidan kiritilgan daʼvo arizalarining barchasi qanoatlantirildi.

Shundan so‘ng, sud qarori asosida ushbu shaxslarga shaxsini tasdiqlovchi hujjati – ID-kartalar rasmiylashtirilib, o‘z egalariga topshirildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati

Yangiliklar kategoriyalari