Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Kasb kasalligiga chalingan fuqaroga beriladigan tovon pullari tashkilot tugatilgan taqdirda to‘lab berilmaydimi?
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Farg‘ona viloyatidagi mintaqaviy vakiliga Viloyatning Buvayda tumanida yashovchi 2-guruh nogironi M.I. unga kasb kasalligiga chalingani tufayli to‘lab borilishi kerak bo‘lgan pullarni ololmayotgani bo‘yicha murojaat qildi.

Murojaat nazoratga olinib, o‘rganilishi bo‘yicha aniqlanishicha murojaatchi “Farg‘onaagrokimyoximoya” hissadorlik aksiyadorlik jamiyatida ishlagan paytlari kasb kasalligiga chalingani tufayli unga 2-guruh nogironligi berilgan va tovon pullari to‘lab borilishi belgilangan. U 2021 yilning oktyabr oyiga qadar tovon pullarini olib kelgan. Lekin, 2021 yilda “Farg‘onaagrokimyoximoyaXAJning tugatilishi natijasida hozirga qadar  to‘lov pullari to‘lanmay  kelingan.

Olingan maʼlumotlarga ko‘ra, 2-guruh nogironi bo‘lgan fuqaro M.I.ga 2021 yilning noyabr oyidan to 2022 yil noyabr oyiga qadar xar oy uchun salkam 828 ming so‘mdan to‘lanishi kerak bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 29 apreldagi “Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bilan 2022 yil 1 maydan boshlab yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari miqdori 12 foizga oshirilgan. Buning natijasida murojaatchi M.I.ga 2022 yilning may oyidan boshlab 910 600 so‘m, jami 10,5 mln so‘mga yaqin tovon pullari to‘lanishi lozim bo‘lgan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman tomonidan) fuqaro manfaatida fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudiga olinmay kelgan tovon pullarini undirish haqida daʼvo ariza kiritildi.

Sud jarayonida Ombudsman daʼvo arizasi to‘liq qanoatlantirilib, 2-guruh nogironi bo‘lgan fuqaro M.I.ga salkam 10,5 mln so‘m tovon pullari undirilishi belgilandi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati

Yangiliklar kategoriyalari