Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsmanga mehnat daftarchasini yo‘qotgani sababli pensiya tayinlash rad etilgan fuqaro murojaat qildi
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga Jizzax viloyatidan fuqaro D.T. pensiya tayinlash rad etilgani bo‘yicha murojaat qildi.

Ushbu murojaat Ombudsmanning Jizzax viloyatidagi mintaqaviy vakili O‘tkir Jo‘rayevga tomonidan o‘rganilganda maʼlum bo‘lishicha, murojaatchi haqiqatdan ham 1990-2015 yilgacha Zomin tumanida ijtimoiy xodima vazifasida faoliyat yuritgan. Lekin, mehnat daftarchasini yo‘qotgani sababli Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Zomin tuman bo‘limining qarori bilan pensiya tayinlash rad etilgan.

Mintaqaviy vakil tomonidan fuqaro D.T.ning BTPJ Zomin tuman bo‘limida arxiv hujjatlari o‘rganilib, uning haqiqatdan ham ishlaganligi aniqlandi va “Buyruqlar kitobi”dan ko‘chirmalar olindi.

Shundan so‘ng, Ombudsman tomonidan fuqaro D.T.ning manfaatida sudga ishlaganlik faktini belgilash yuzasidan ariza kiritildi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Zarbdor tumanlararo sudining tegishli hal qiluv qarori bilan Ombudsmanning arizasi qanoatlantirilib, fuqaro D.T.ning 1990 yil 1 oktyabrdan 2015 yil 14 maygacha ishlaganlik fakti belgilab berildi.

Hozirda sudning mazkur qaroriga asosan fuqaro D.T.ga pensiya tayinlandi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati

Yangiliklar kategoriyalari