Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Bolalar masalalari bo‘yicha milliy komissiyasining tarbiya koloniyalaridagi o‘rganishlari
Bolalar masalalari bo‘yicha milliy komissiyaning 2022 yil ikkinchi yarim yillik ish rejasining 6-bandida bolalar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ishonchli himoya qilinishini taʼminlash, ularning ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lishining oldini olish, davlat organlari va boshqa tashkilotlar , ixtisoslashtirilgan o‘quv tarbiya muassasalari va tarbiya koloniyalari faoliyatida bola huquqlariga rioya etilishini o‘rganish belgilangan.

Shunga ko‘ra joriy yilning 23 avgust kuni Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili, Vazirlar Mahkamasining Bolalarni himoya qilish masalalari shoʻbasi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirliklarining vakillari bilan Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan Birinchi mintaqaviy xudud 24-son Tarbiya koloniyasi hamda Chinoz tumanida joylashgan Respublika qiz bolalar o‘quv tarbiya muassasasida monitoring o‘tkazishdi.

Birinchi mintaqaviy hudud 24-son Tarbiya koloniyasi xodimlarining asosiy vazifasi jazo muddatini o‘tash uchun keltirilgan mahkumlar(tarbiyalanuvchilar)ni ahloqan tarbiyalash, tarbiyaning turli usullaridan foydalangan holda ularni jamiyatga sog‘lom fikrli shaxs sifatida qaytarishdan iboratdir. Bunda xodimlar birinchi navbatda ularni taʼlimga jalb etish, kasb-hunarga o‘rgatish, ish bilan taʼminlash hamda bo‘sh vaqtlarini turli to‘garaklar yordamida band etib, tarbiyaviy taʼsir choralarini ko‘rishlari lozim bo‘ladi. Respublikada yagona bo‘lgan Tarbiya koloniyasida olib borilayotgan ishlar ham aynan shu yo‘nalishlarga qaratilgan. Bugungi kunda tarbiya koloniyasida tarbiyalanuvchilar soni –93 ta. Afsuski, 2019, 2020, 2021 yillarga nisbatan jinoyat sodir etgan bolalar soni oshgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar uchun umumiy taʼlim va kasb-hunarga o‘qitish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2019 yil 16 apreldagi 318-sonli qaroriga asosan koloniyada qoshida Zangiota tumani xalq taʼlimi bo‘limining filial maktabi tashkil etilgan.

Koloniyaga keltirilgan har bir tarbiyalanuvchi sinflarga taqsimlanib, ularga hozirgi kunda 13 nafar pedagog taʼlim berib kelmoqda.

Tarbiya koloniyasidagi o‘quvchilarni kitobxonlikka targ‘ib qilish maqsadida kutubxonadan kunning soat 08:00 dan soat 18:00 ga qadar tarbiyalanuvchilar kitob mutolaasiga kelishlari tashkillashtirilgan.

Koloniya tarbiyalanuvchilar taʼminoti yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 07 iyul kunidagi 184-sonli qarori talablari asosida oziq-ovqat va kiyim kechak mahsulotlari bilan taʼminlangan.

“Sharq gavxari tekstil” DUK tomonidan tuzilgan shartnomaga asosan, tarbiyalanuvchilarga maktab formasi tikib berilgan.

Tarbiyalanuvchilarni bandligini taʼminlash va kasb-hunarga o‘kqitish maqsadida Kasb-hunar markazi faoliyat yuritmoqda.

Tarbiyalanuvchilar uchun mo‘ljallangan oshxona zamon talablariga javob beradigan oshxona jihozlari, elektropech, keramika qozonlari, stol stullar bilan taʼminlangan. Tarbiyalanuvchilarni ovqatlantirish sanitariya qoida va meʼyorlari asosida tashkil qilinmoqda.

Tarbiyalanuvchilar uchun koloniya ichki hududida futbol stadioni va zamonaviy ko‘rinishdagi amfiteatr qurib bitkazilib, turli turli sport o‘yinlari, madaniy-maʼrifiy tadbirlar o‘tkazib borilmoqda.

Tarbiyalanuvchilar uchun mo‘ljallangan yotoqxona binosi va uzoq muddatli uchrashuv binosi qurilish–montaj ishlari, pardozlash ishlari yakunlanib, tarbiyalanuvchilar kubrik tipidagi yangi turkumlarga joylashtirilgan.

Respublika qiz bolalar o‘quv-tarbiya muassasasida 142 ta tarbiyalanuvchilar mavjud. Tarbiyalanuvchilar uchun yotoqxona, oshxona, shaxsiy gigiyena xonalari amaldagi talablarga javob bermaydi. Respublika qiz bolalar o‘quv-tarbiya muassasasi uchun moslashtirilayotgan sobiq kollej binosining taʼmirlash ishlari tezlikda yakunlanib, bolalarni zudlik bilan yangi binoga ko‘chirish borasida masʼullarga va tegishli idoralarga tavsiyalar berildi va nazoratga olindi.