Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
O‘zbekiston raisligidagi Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqoti yakunlandi
Poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan mintaqaviy forumda O‘zbekistonning Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqotiga raisligi yakunlari sarhisob qilindi.

So‘zga chiqqanlar 2021 yilda Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollari muloqoti mintaqa davlatlari ayollarining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va barqaror rivojlanishi, mintaqada tinchlik va barqarorlikni taʼminlash yo‘lidagi madaniy-gumanitar jarayonlarda yana-da faolroq rol o‘ynashga bo‘lgan intilishlarini yuqori darajada eʼtirof etish va qo‘llab-quvvatlashga muvaffaq bo‘lganini taʼkidladilar.

Muloqotda raislik muddati bir yil bo‘lgani sababli forumda 2022 yilda raislikni boshqa davlatga o‘tkazish masalasi ham ko‘rib chiqildi.

Shu tariqa konsensus asosida kelasi yil Muloqotga raislikni Turkmanistonga topshirishga qaror qilindi.