2023 yilning 6 oyi davomida Surxondaryo viloyatidan jami 821 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan iqtisodiy huquq bo‘yicha 188 ta, ijtimoiy huquq bo‘yicha 221 ta, shaxsiy huquq va erkinliklar bo‘yicha 93 ta, fuqarolarning murojaat etish huquqlari bo‘yicha 81 ta, bola huquqlari bo‘yicha 10 ta, ekologik huquqlar bo‘yicha 29 ta, huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati bo‘yicha 71 ta, shuningdek boshqa masalalarda bo‘yicha 128 ta murojaatlar kelib tushgan.