Toshkent viloyati, Qibray tumanida yashovchi fuqaro N.N. Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakiliga unga qo‘llanilgan jarimani bekor qilishda amaliy yordam so‘radi. U o‘z murojaatida tabiiy resurslarga egalik huquqini buzgani vaji bilan Kadastr agentligi Qibray tuman bo‘limi tomonidan qo‘llanilgan 51 mln so‘m miqdordagi jarima jazosini belgilanganligini maʼlum qildi.