Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Xivadagi nogironligi bo‘lgan erkaklar “Muruvvat” internat uyidagi sharoitlari o‘rganildi
16 Mar
Joriy yilning 16-mart kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili O.Ollayorov tashabbusi bilan Xiva “Muruvvat” internat uyiga monitoring tashrifini amalga oshirdi. Unda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Xorazm viloyati kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xorazm viloyatidagi Xalq qabulxonasi hamda “Demokratiya va inson huquqlari instituti” vakillari ham ishtirok etishdi.
Ombudsman boshchiligida Qashqadaryodagi harakatlanish erkinligi cheklangan yopiq muassasalardagi sharoitlar o‘rganildi
16 Mar
Davlat rahbarining 2021-yil 26 iyundagi “Qiynoqqa solish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) qiynoqlarning oldini olish maqsadida Jamoatchilik vakillari bilan birgalikda harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarga monitoring tashriflari tizimini yo‘lga qo‘yish belgilangan.
Kolumbiya universitetining  Xalqaro va jamoatchilik bilan aloqalar maktabi tadqiqotchilari Ombudsman faoliyati bilan yaqindan tanishdi 
15 Mar
Joriy yilning 15-mart kuni Kolumbiya universitetining Xalqaro va jamoatchilik bilan aloqalar maktabi vakillari Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) ofisiga tashrif buyurishdi.  
Ombudsmanning Qashqadaryo viloyatiga tashrifi: 2023-yilda Vakilga eng ko‘p murojaat yo‘llagan tumandagi fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
15 Mar
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida"gi Qonunning 20 prim 2-moddasida Vakil fuqarolarning inson huquqlari va erkinliklari sohasida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlari va xalqaro shartnomalari, xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari hamda normalari to‘g‘risidagi bilimi va xabardorligini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rishi belgilangan.
Ombudsmanning K.Adenauer jamg‘armasi bilan hamkorligi yana-da mustahkamlanmoqda  
14 Mar
Joriy yilning 14-mart kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) F.Eshmatova  K.Adenauer jamg‘armasining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakolatli vakili Andre Algermissena bilan uchrashdi.
Boshqa ishga o‘tkazilish vaji bilan ishdan bo‘shatilgan xodim Ombudsmanga murojaat qildi
14 Mar
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga Andijon shahridan fuqaro K.I. ishdan noqonuniy ravishda bo‘shatilganligi bo‘yicha murojaat qilib, uning mehnat huquqlarini tiklashda yordam so‘radi.
Nogironlik guruhini belgilashda xatolikka yo‘l qo‘yilgani aniqlandi - Ombudsman
13 Mar
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga Norin tumanida yashovchi ayol murojaat qilib, nogironligi bo‘lgan ukasiga nogironlikni qayta belgilash bo‘yicha yozgan arizasi xolis ko‘rib chiqilmayotgani bo‘yicha shikoyat qildi.
Murojaat o‘rganilishi natijasida 26 mln so‘mlik ish haqlari undirildi – Ombudsman
12 Mar
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga Namangan viloyatidan fuqaro A.D. va uning o‘g‘li A.N. ish beruvchi tomonidan oylik maoshlarining to‘lanmagani bo‘yicha shikoyat qilishdi.
Buxorodagi “Muruvvat” ayollar internat uyida saqlanuvchilar sharoitlari o‘rganildi
11 Mar
2024-yilning 9-mart kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili Abira Huseynova Buxoro “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyiga monitoring tashrifini amalga oshirdi.