Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Если Вы хотите незамедлительно получить ответ на Ваш вопрос, Вы можете воспользоваться поиском по базе вопросов и ответов. Вы сразу найдете ответ на интересующий вопрос





Murojaatlar 3

  • Vakil yoki uning mintaqaviy vakillariga shaxsan murojaat etish mumkinmi?


    O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha Vakili (Ombudsman) tomonidan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul etish jarayoni tashkil etilgan.
    Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabulqilish muntazam ravishda Seshanba, Chorshanba va Payshanba kunlari soat 11:00 dan 13:00 gacha va 15:00 dan 17:00 gacha bo'lib o'tadi.
    Har xaftaning Chorshanba kuni soat 15:00 dan 17:00 gacha bevosita Vakil tomonidan, Payshanba kuni 15:00 dan 17:00 gacha uning o'rinbosari tomonidan va qolgan vaqtlari Vakil Kotibiyatining xodimlari tomonidan qabul jarayonlari olib boriladi.
    Jismoniy shaxs og'zaki murojaat etayotganda o'z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni, yuridik shaxsning vakili esa o'z vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatni, shuningdek o'z shaxsini tasdiqlovchihujjatni ko'rsatishi kerak.
    Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish, agar ularning shunday xususiyatga ega bo'lgan ilgarigi murojaati bo'yicha qaror qabul qilingan bo'lsa va bu haqda ularga ushbu Qonunda belgilangan tartibda xabar qilingan bo'lsa, rad etilishi mumkin.
    Vakil tomonidan muntazam ravishda Respublikamizning turli hududlarida sayyor qabullar tashkil etib boriladi.
  • Vakil tomonidan murojaatlar ko'rib chiqilishida qanday talablar qo'yiladi?


    Jismoniy shaxsning murojaatida jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi to'g'risidagi ma'lumotlar ko'rsatilgan va murojaatning mohiyati bayon etilgan bo'lishi kerak.
    Yuridik shaxsning murojaatida yuridik shaxsning to'liq nomi, uning joylashgan eri (pochta manzili) to'g'risidagi ma'lumotlar ko'rsatilgan va murojaatning mohiyati bayon etilgan bo'lishi kerak.
    Murojaatlar davlat tilida va boshqa tillarda berilishi mumkin.
    Yozma murojaat murojaat etuvchi jismoniy shaxsning imzosi yoki murojaat etuvchi yuridik shaxs rahbarining yoxud vakolatli shaxsining imzosi bilan tasdiqlangan bo'lishi lozim. Jismoniy shaxsning yozma murojaatini murojaat etuvchining imzosi bilan tasdiqlash imkoni bo'lmagan taqdirda, bu murojaat uni yozib bergan shaxsning imzosi bilan tasdiqlanib, uning familiyasi (ismi, otasining ismi) ham qo'shimcha ravishda yozib qo'yilishi kerak.
    Elektron murojaat elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan boshqa rekvizitlariga ega bo'lgan elektron hujjat shaklida bo'lishi kerak. Elektron murojaat qonunda belgilangan talablarga muvofiq bo'lishi kerak.
    Jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi to'g'risidagi ma'lumotlar yoki yuridik shaxsning to'liqnomi, uning joylashgan eri (pochta manzili) to'g'risidagi ma'lumotlar ko'rsatilmagan yoxud ular haqida yolg'on ma'lumotlar ko'rsatilgan, shuningdek imzo (elektron raqamli imzo) bilan tasdiqlanmagan murojaatlar anonim murojaatlar deb hisoblanadi.
    Murojaat etuvchi jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlarga ularning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
    Vakilga berilgan murojaatda mansabdor shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi ko'rsatilgan, arz qiluvchining fikricha, uning huquqlarini buzgan harakatlarning yoki harakatsizlikning mohiyati bayon etilgan bo'lishi lozim. Shuningdek, murojaatda arz qiluvchining talablarni tasdiqlovchi hujjatlar va boshqa dalillar ilova qilingan bo'lishi lozim.
  • Vakil qanday murojaatlarni ko'rib chiqishga qabul qiladi?


    Vakil O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining hamda O'zbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarning o'z huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini buzayotgan tashkilotlar yoki mansabdor shaxslarning harakatlari yoxud harakatsizligi ustidan bergan shikoyatlarini ko'rib chiqadi.
    Vakil uchunchi shaxslarning shu jumladan nodavlat notijorat tashkilotlarining muayyan bir kishi yoki bir guruhshaxslarninghuquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi ustidan bergan shikoyatlarini ko'rib chiqish uchun, basharti ularning bunga roziligi bo'lsa, qabul qiladi.
    Vakil sudning vakolat doirasiga kiradigan masalalarni ko'rib chiqmaydi.
    Vakil arz qiluvchiga o'z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi ma'lum bo'lib qolgan paytdan e'tiboran yoki arz qiluvchi, agar u huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning boshqa vositalaridan foydalangan hamda qabul qilingan qarorlardan qanoatlanmagan bo'lsa, o'z shikoyati bo'yicha qabul qilingan oxirgi qarordan xabar topgan paytdan e'tiboran bir yil davomida berilgan shikoyatlarni ko'rib chiqadi.
Created with Snap
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech