Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
9 Jul 2018

Aybsizlik prezumptsiyasi tamoyiliga rioya etish, inson sha'ni va qadr-qimmatini hurmat qilish, tergov-surishtiruv ishlarini amalga oshirishda huquqni muhofaza qilish xodimlarining yuqori darajadagi kasbiy mahorati- mamlakat Konstitutsiyasi talabi va Davlar rahbarining 2017 yil noyabr oyida qabul qilingan “Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida ham aynan ushbu talablarga alohida urg’u berilgan.

Ichki ishlar boshqarmasining Kattaqo’rg’on tumani sobiq xodimi tomonidan ayol va ona bo’lmish zotga nisbatan qo’llanilgan g'ayriinsoniy va inson qadr-qimmatini kamsituvchi muomala qonunchilikka muvofiq jamoatchilik ayblovi va qat’iy jazoni talab qiladi.

Ombudsman Kattaqo'rg'onda yuz bergan holat bo’yicha tergov jarayonini kuzatib borishni rejalashtirmoqda va shu maqsadda O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuroraturasiga tegishli so'rov yuborildi.

Ushbu hodisa, qoidalar bilan so'zsiz rioya "Ichki ishlar organlari to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan normalariga va xulq-atvor etikasiga so’zsiz rioya etish bo’yicha ichki ishlar organlari xodimlari o'rtasida keng tushuntirish ishlarini tashkil etish uchun boshlang'ich nuqta bo'lishi kerak.

Manba: ko'rsatilmagan
Ko'rishlar: 507
Created with Snap
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech