Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
15 iyun 2016 y. - 16 iyun 2016 y.
2016 yil 15 iyun kuni Toshkent shahrida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha vakili (Ombudsman) va O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamkorligida «Tadbirkorlarning huquqlarini ta'minlash va xususiy mulkni muhofaza qilish sohasida ijtimoiy sheriklikni rivojlantirishning dolzarb masalalari» mavzusida davra suhbati bo'li bo'tdi.
Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining a'zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, Boshprokuratura, Adliya vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, NNT va OAV vakillari ishtirok etdilar.
Davra suhbati ishtirokchilari qayd etganidek, tadbirkorlarning huquqlarini ta'minlash va xususiy mulkni ishonchli himoya qilish jarayonida huquqni muhofaza qilish organlari, inson huquqlarini himoya qilish milliy institutlari va jamoat tashkilotlari muhim o'rin tutadi. Ular tomonidan tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risidagi qonunchilik talablarining qat'iy ijro etilishi, tadbirkorlik sub'ektlarining qonuniy manfaatlari va huquqlari poymol etilgani uchun mas'ul shaxslar, jumladan, nazorat, huquqni muhofaza qilish va vakolatli davlat organlarining javobgarligi muqarraligini ta'minlanishi ustidan nazoratni kuchaytirishga qaratilgan kompleks va tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Fuqarolarning O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi tomonidan kafolatlangan tadbirkorlik faoliyatini yuritish erkinligiga oid huquqlarini himoyaqilish O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha vakili (Ombudsman) faoliyatining ustuvor yo'nalishlaridan biri sanaladi. Ombudsman tomonidan o'tgan yil mobaynida ushbu toifaga mansub fuqarolarning murojaatlari sonida sezilarli qisqarish, shuningdek, fuqarolarning tadbirkorlik faolligi, tadbirkorlik sub'ektlarining davlat tomonidan taqdim etilayotgan imtiyozlar va afzalliklar borasida xabardorligini oshirish bo'yicha chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish ahamiyati alohida qayd etildi.
Tadbir ishtirokchilari tadbirkorlarning huquqlarini ta'minlash va xususiy mulkni himoya qilish sohasida ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish bo'yicha davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan takliflarni muhokama qildilar.
Davra suhbati chog'ida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha vakili (Ombudsman) va O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi o'rtasida o'zaro hamkorlik to'g'risidagi Memorandum imzolandi. Ushbu Memorandumda me'yoriy-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish, jismoniy va yuridik shaxslarnin gmurojaatlarini ko'rib chiqish, aholining huquqiy madaniyatini oshirish, mazkur yo'nalishdagi qonunchilik va davlat dasturlari ijrosi ustidan jamoat nazoratini amalga oshirish jarayonlarida o'zaro hamkorlikda faoliyat olib borish ko'zda tutilgan.


Created with Snap
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech