Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
27 may 2016 y. - 29 may 2016 y.
Joriy yilning 27 may kuni Nukus shahrida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha Vakili (Ombudsman), O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo'mitasi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya Vazirligi va Qoraqalpog'iston kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi hamkorligida “Fuqarolarning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklarini ta'minlashda davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari hamkorligining ustuvor yo'nalishlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Ushbu davra suhbatida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zolari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi deputatlari, prokuratura, ichki ishlar va adliya vazirligi, turli idora vakillari hamda fuqarolik jamiyati institutlari, OAV vakillari ishtirok etdi.
Davra suhbati doirasida joriy yilning aprel oyida qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining “Parlament nazorati to'g'risida”gi Qonunining maqsad va vazifalari haqida ma'lumotlar berildi. Ushbu qonunning har bir moddasi, jumladan Qonunning sub'ekti, ob'ekti, predmeti hamda parlament nazoratining huquqiy oqibatlari, shakllari va uni amalga oshirish mexanizmlari hamda sub'ektlarning ushbu yo'nalishdagi huquq va majburiyatlari batafsil tushuntirildi.
Davra suhbati ishtirokchilari tomonidan “Ijtimoiy sheriklik to'g'risida”gi va “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to'g'risida”gi qonunlarning amalga oshirilishi jarayonlariga ham alohida to'xtalib o'tildi.
Shuningdek, davra suhbati ishtirokchilari O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida”gi Qonuniga berilgan sharhga ham alohida to'xtalib o'tdilar.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha Vakili (Ombudsman)ning fuqarolarning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklarini ta'minlashda davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlar, mahalliy xalq deputatlari Kengashi, fuqarolik jamiyati institutlari va OAV bilan hamkorligi davra suhbatining muhim masalasiga aylandi.
Jumladan, Vakil nomiga kelib tushayotgan fuqarolarning shaxsiy, ijtimoiy va iqtisodiy huquqlarini ta'minlashga taalluqli bo'lgan jismoniy shaxslarning murojaatlari fuqarolik jamiyati institutlari bilan birgalikda ko'rib chiqilishi yuzasidan samarali hamkorlik yuzasidan fikrlar almashildi.
Shuningdek, Ombudsman tomonidan Qoraqalpog'iston Respublikasining turli mintaqalarida fuqarolar uchun sayyor qabullar ham tashkil etildi.

Created with Snap
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech