Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
11 iyul 2016 y. - 12 iyul 2016 y.
2016 yilning 11 iyul kuni Toshkent shahrida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha Vakili (ombudsman) va O'zbekiston Ekologik harakati hamkorligida “Parlament nazorati – atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida qonunchilik hamda davlat dasturlari ijrosini ta'minlashda samarali mexanizm sifatida” mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.
Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari, Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo'mitasi, NNT va OAV vakillari ishtirok etdi.
Davra suhbati ishtirokchilari tomonidan ta'kidlanganidek, mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish borasida mustahkam huquqiy baza yaratilgan. Bugungi kunda 30 dan ortiq Qonun va 100 dan ortiq qonun osti aktlar qabul qilingan.
Mamlakatda uzoq muddatli ekologik dasturlar amalga oshirilayotgan bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori bilan tasdiqlangan “2013 - 2017 yillarda O'zbekiston Respublikasida atrof-muhit muhofazasi bo'yicha harakatlar Dasturi”, “2015-2017 yillarda Orol oqibatlarini yumshatish, Orol bo'yi hududlarini qayta tiklash va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Kompleks chora-tadbirlar” va boshqalar shular jumlasidandir.
Mamlakatda tabiatni muhofaza qilish faoliyatini yanada rivojlantirishda O'zbekiston Respublikasi “Ekologik nazorat to'g'risida”gi, “Ijtimoiy sheriklik to'g'risida”gi va “Parlament nazorati to'g'risida”gi Qonunlarning qabul qilinishi muhim ahamiyat kasb etadi. Atrof-muhitni muhofaza qilish va aholining sog'lig'ini ta'minlashda O'zbekiston Ekologik harakati muhim ahamiyat kasb etadi.
Ekoharakat O'zbekiston fuqarolari va kelajak avlodni qulay atrof muhitga bo'lgan huquqlarini, aholining sog'lig'ini yanada yaxshilash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va himoyalashga jamiyatni safarbar qilishga ko'maklashadi.
Atrof-muhitni muhofaza qilishni ta'minlash O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha Vakili (Ombudsman) faoliyatida alohida o'rin egallagan. Aholi uchun yashash muhiti va ekologik xavfsizlik darajasining kafolatlangan va qulay shart-sharoitlarini yaratish, iqtisodiyot tarmoqlarini ekologizatsiyalashtirish, atrof-muhitning ishlab chiqarish va xo'jalik faoliyati chiqindilari bilan ifloslanishining oldini olish borasida qonunchilik va davlat dasturlarining ijrosi yuzasidan Ombudsman tomonidan parlament nazorati amalga oshiriladi.
Shuningdek, davra suhbati ishtirokchilari tomonidan Ombudsman instituti bilan O'zbekiston Ekologik harakati, uning deputatlik guruhlari o'rtasida fuqarolarning sog'lom atrof-muhitga bo'lgan huquqlarini ta'minlashda yaqindan hamkorlik munosabatlari o'rnatilganligi alohida ta'kidlandi.
Tadbir davomida mamlakatimizda tabiatni muxofaza qilishni yanada takomillashtirish, bu borada davlat organlari va jamoat tashkilotlari hamkorligini mustahkamlash yuzasidan ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar batafsil muhokama qilindi.
Davra suhbati yakunida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha Vakili (Ombudsman) va O'zbekiston Ekologik harakati bilan o'zaro hamkorlik to'g'risida Memorandumi imzolandi. Ushbu Memorandumda mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish yo'nalishidagi qonunchilik hamda davlat dasturlari ijrosi yuzasidan parlament nazoratini olib borish, busohada jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni hamkorlikda ko'rib chiqish, ijtimoiy hamkorlikni rivojlantirish, ekologik ta'lim va aholining eklogik ma'daniyatini oshirishda o'zaro hamkorlik qilish ko'zda tutilgan.


Created with Snap
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech