Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Inson huquqlari sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish Vakil faoliyatining muhim yo'nalishi hisoblanadi. Ushbu faoliyat BMT va YeXHT xalqaro shartnomalar ijrosi yuzasidan O'zbekiston Respublikasi ma'ruzalarini tayyorlashda ishtirok etish, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarda a'zolik doirasida, xorijiy Ombudsmanlar bilan ko'p tomonlama aloqalarni rivojlantirish, xalqaro forumlar, chet el delegatsiyalarini qabul qilishda ishtirok etish, shuningdek, inson huquqlarini himoya qilish masalalari bo'yicha xalqaro tashkilotlar va xorijiy hamkasblar murojaatlarini ko'rib chiqish orqali amalga oshirilgan.
Vakil Xalqaro ombudsman instituti, Yevropa ombudsman instituti va Osiyo ombudsmanlar assotsiatsiyasi a'zosi bo'lib hisoblanadi. 
Vakil tomonidan xorijiy ombudsmanlari bilan xamkorlik to'g'risida 10 Bitimlar imzolangan bo'lib, Shvetsiya, Ispaniya, Portugaliya, Polsha, Janubiy Koreya, Slovakiya, Bolgariya, Latviya, Rossiya va Ozarbayjon shular jumlasidandir.

Vakilning Yaponiyaga safari


2016 yilning 7-11 mart sanasida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo'yicha Vakili (ombudsman) Yaponiyaga xizmat safari bilan tashrif buyurdi. Tashrif jarayonida Vakil xalqaro ombudsmanlar forumida ishtirok etdi, Ombudsman ofisega tashrif buyurdi, Yaponiya Milliy parlamenti (quyi) va Palata kengashi (yuqori ) vakillari, O'zbekiston bilan do'stlik Parlament ligasi ijroiya qo'mitasi va Yaponiya xalqaro Liberal-demokratik partiyasi byurosi vakillari bilan uchrashdi.
Ushbu Forum doirasida fuqarolarning murojaatlarini ko'rib chiqish istiqbollari, faoliyatida zamonaviy axborot-texnologiyalaridan foydalanish va ushbu sohada fuqarolik jamiyati institutlarining hamkorligi masalallari muxokama qilindi.
Tadbir yakunida O'zbekiston va Yaponiya Ombudsmanlari o'rtasida o'zaro hamkorlik to'g'risidagi Memorandum imzolandi. Ushbu memorandum ikki davlat o'rtasidagi inson huquq va erkinliklarini ta'minlash hamda huquqiy bazani rivojlantirish, shuningdek, xalqaro maydondagi qo'llab-quvvatlash sohasidagi tajriba almashishda asosiy manba bo'lib xizmat qiladi. Tashrif do'stona va konstruktiv ruxda bo'lib o'tdi.

Qozon forumidagi ishtiroki


Joriy yilning 9-11 avgust sanasida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Inson huquqlari bo'yicha Vakili (Ombudsman) Rossiya Federatsiyasi Tatariston Respublikasi Inson huquqlari bo'yicha Vakili S.Sabursk va Osiyo Ombudsmanlar Assotsiatsiyasi prezidenti M.Faruklarning taklifiga binoan Qozon shahrida tashkil etilgan “Axborot texnologiyalari va inson huquqlari” mavzusidagi davra suhbatida ishtirok etdi.
Tadbir davomida inson huquqlarini himoya qilishda zamonaviy axborot kommunikatsiya-texnologiyalaridan samarali foydalanish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligini ta'minlash va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish borasida muhokamalar bo'lib o'tdi.

O'zbekistondagi xalqaro konferentsiya


Joriy yilning 20-21 oktyabr sanasida Toshkent shahrida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha Vakili (Ombudsman) Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi, YeXHTning O'zbekistondagi loyihalar koordinatori, Konrad Adenauer nomidagi jamg'arma hamda boshqa davlat-jamoatchilik, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikda inson huquqlarini himoya qilish bo'yicha Milliy institutlar faoliyatini rivojlantirish va O'zbekiston Respublikasida bunday institutlarni tashkil etilganligiga 20-yil to'lganligi munosabati bilan xalqaro konferentsiya tashkil etilmoqda.
Konferentsiya doirasida inson huquqlari bo'yicha Milliy institutlar faoliyatini yanada takomillashtirish borasida tashkiliy-huquqiy tajriba almashish, Inson huquqlarini himoya qilish Vakillik institutlarini inson huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishni amalga oshirishda hukumat vakillik organlari, davlat boshqaruv organlari va jamoatchilik tashkilotlari bilan hamkorligi yuzasidan fikr almashiladi.
Created with Snap
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech