Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman USAIDning O‘zbekistondagi huquqiy islohotlar dasturi direktori Sara Byukenen bilan uchrashdi 
2022 yilning 9 noyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova USAIDning O‘zbekistondagi huquqiy islohotlar dasturi direktori Sara Byukenen bilan uchrashdi.

Dastlab mehmonlarga Ombudsman institutining fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha harakatlanish erkinligi cheklangan yopiq muassasalarga amalga oshirilayotgan monitoring tashriflari va fuqarolik jamiyati institutlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik haqida maʼlumot berildi.

O‘zaro muloqot davomida USAIDning O‘zbekistondagi huquqiy islohotlar dasturi direktori Sara Byukenen so‘nggi yillarda mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida olib borilayotgan islohotlarni yuqori baholadi va bu borada Ombudsmanning saʼy-harakatlariga ham ijobiy baho berdi.

Uchrashuv davomida USAIDning O‘zbekistondagi huquqiy islohotlar dasturi bilan hamkorlikda Ombudsman faoliyatini yana-da takomillashtirish yuzasidan fikr almashildi.

Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Axborot xizmati