Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Komissiya aʼzolarining Dauletmurat Tajimuratov bilan uchrashuvida nimalar ochiqlandi?
Mustaqil Komissiya aʼzolari Xorazm viloyatining Urganch shahridagi 11-son Tergov hibsxonasiga tashrif buyurib, u yerda saqlanayotgan shaxslarning yashash, ovqatlanish, tibbiy xizmatdan foydalanish hamda advokatlar va yaqin qarindoshlari bilan qisqa muddatli uchrashuv xonalardagi sharoitlar o‘rganishdi.

Shuningdek, Tergov hibsxonasida ushlab turilgan shaxslar bilan suhbatlashildi. Xususan, bo‘lib o‘tgan holatlar va voqealarda gumondor sifatida hibsga olingan Dauletmurat Tajimuratov bilan ham uchrashdi.

Uchrashuv davomida D.Tajimuratov advokat bilan taʼminlanganini va advokatining u bilan uchrashishida hech qanday qarshiliklar yo‘qligini, oila aʼzolari bilan ham qisqa muddatli uchrashuv o‘tkazilganligini  hamda posilka va yo‘qlovlar olayotganini maʼlum qildi.

D.Tajimuratovning so‘zlariga ko‘ra, unga nisbatan tergov harakatlari davomida va tergov hibsxonasida hech qanday qiynoq, bosim yoki tazyiqlar bo‘lmagan. Ovqatlarning sifati va hibsxonadagi boshqa sharoitlarga hech qanday eʼtirozi yo‘qligini bildirdi.

Komissiya aʼzolari tashrif davomida gumon qilinuvchilarning Tergov hibsxonasida saqlanayotgan paytida va tergov jarayonlarida hech qanday huquqlari buzilmagani hamda ruhiy va jismoniy qiynoq holatlariga yo‘l qo‘yilmaganiga guvoh bo‘ldi. 

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati