Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Komissiya aʼzolari navbatdagi o‘rganishni tergov hibsxonasida o‘tkazishdi
Qoraqalpog‘iston Respublikasida yuz bergan holat va voqealarni o‘rganish bo‘yicha komissiya aʼzolari Nukus shahrida joylashgan 2-sonli Tergov hibsxonasiga tashrif buyurishdi.

Dastlab hibsxonada ushlab turilgan shaxslarning qisqa muddatli uchrashuv xonalari, advokatlar bilan uchrashuv xonalarini, tergov harakatlari xonasini ko‘zdan kechirishdi.

Monitoring doirasida hibsxonada saqlanayotgan mahbus va xo‘jalik xizmatiga oid ishlarni bajarish uchun qoldirilgan mahkumlarning yashash, ovqatlanish, tibbiy xizmatdan foydalanishlari bo‘yicha yaratilgan sharoitlar o‘rganildi. Jumladan, tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘limida umumiy muolaja, rentgen va stomatolog xonalari mavjud va kerakli tibbiy uskunalar va dori-darmon vositalari bilan taʼminlanganligi aniqlandi.

Ushlab turilgan shaxslar bilan suhbat o‘tkazilganda tergov hibsxonasidagi sharoitlar bo‘yicha murojaatlar kelib tushmadi.

Qayd etish lozimki, monitoringda tergov hibsxonasi videokuzatuv moslamalari bilan to‘liq taʼminlangani va kuzatuv tasvirlari respublika bo‘ylab yagona tizimga biriktirilgani maʼlum qilindi. Hibsxona xodimlari tomonidan ushbu tasvirlarni o‘chirib tashlashning imkoni yo‘qligi alohida taʼkidlandi.

Eslatib o‘tamiz, monitoring davomida o‘rganilgan holatlar va bo‘lib o‘tgan voqealarda ro‘y bergan hodisalar haqida ushlab turilgan shaxslar tomonidan bayon etilgan maʼlumotlar Komissiyaning yakuniy xulosasida aks etadi.