Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Navoiy viloyatida xotin-qizlarning huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan tadbir tashkil etildi
2022 yilning 23 may kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan Navoiy viloyati, Navbahor tumanidagi “Kasaba chevarlari” korxonasidagi xotin-qizlar ishtirokida “Yangi O‘zbekiston - yangicha dunyoqarash” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi.

Mazkur korxona 2021 yilda ishga tushirilgan bo‘lib, hozirda unda 110 nafar “Yoshlar” va 50 nafar “Ayollar” daftarida ro‘yxatda turgan xotin-qizlar ish bilan taʼminlangan.

Tadbir viloyat “MeʼzonNTT, viloyat teleradiokompaniyasi, Kasaba tashkilotlari birlashmasi, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi , yoshlar agentligi boshqarmasi rahbarlari va xodimlari ishtirokida o‘tkazildi.

Tadbir boshida ishtirokchilarga Ombudsman instituti tarixi uning hozirgi kundagi inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha ahamiyati, huquq va vakolatlari haqida maʼlumot berildi.

Shuningdek, joriy yilning 1 yanvaridan boshlab doimiy asosda faoliyat yuritib kelayotgan Ombudsmanning mintaqaviy vakillari faoliyati, ularga murojaat qilish usullari haqida ham ishtirokchilar xabardor qilindi.

Erkin muloqot shaklida o‘tgan targ‘ibot tadbirida korxona xodimlari chet tillarini o‘rganish va huquqiy maslahatlar olishni xohlashlari, lekin buning uchun yetarli mablag‘lari yo‘q ekanini qayd etib, Ombudsmanning Navoiydagi mintaqaviy vakilidan yordam so‘rashdi.

Mintaqaviy vakilning taklifi bilan R.Xayitov rahbarligidagi “Ilm-Ziyo” o‘quv markazi tomonidan “Kasaba chevarlari” korxonasida mehnat qilayotgan barcha xotin-qizlar uchun bepul huquqiy maslahat berilishi hamda chet tillarni o‘rganish kurslariga 50 % chegirma qo‘llanilishi belgilandi.

Tadbir yakunida korxona ishchi xizmatchilari uchun “Navoiy- tarixi buyuk, kelajagi navqiron” fotoalbomi taqdim etildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati

Yangiliklar kategoriyalari