Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsmanning Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili 47-son manzil-koloniyasidagi mahkumlar oshxonasini qayta qurish kerakligi bo‘yicha tavsiya berdi
2022 yilning 6 aprel kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Toshkent viloyati bo‘yicha mintaqaviy vakili Rustam Kamalov Toshkent viloyati, Yuqorichirchiq hududida joylashgan 47-manzil-koloniyadagi mahkumlar huquqlarining taʼminlanish holatini o‘rgandi.

O‘rganish kunida jami 404 nafar mahkumning 310 nafari maxsus obyektlarda, qolgan 94 nafar mahkum manzil-koloniyada saqlanayotgani aniqlandi.

Mahkumlarni ish bilan taʼminlash maqsadida muassasada makaron va hom g‘isht ishlab chiqarish sexlari faoliyat yuritmoqda.

Shuningdek, mahkumlarga o‘z isteʼmollari uchun kerakli bo‘lgan turli xil oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirishlari uchun ham ochiq maydon ajratilgan va ulardan samarali foydalanilmoqda.

Ishlab chiqarishni kengaytirish va shu orqali mahkumlarni ish bilan taʼminlash maqsadida koloniyadagi imkoniyatdan kelib chiqib, qo‘shimcha avtomobillarni taʼmirlash va ularga xizmat ko‘rsatish yo‘nalishini ochish tavsiya etildi.

O‘rganish davomida binoning mahkum yotoqxonasi uchun mo‘ljallangan qismi qoniqarli holatda ekani, lekin binoning tashqi fasadi taʼmirga muhtoj ekani aniqlandi.

Qisqa muddatli uchrashuvlar uchun xonalar ko‘zdan kechirilganda kamchiliklar aniqlanmadi.

Shuningdek, bugungi kunda foydalanilayotgan oshxona atroflari sharoitdan kelib chiqib vaqtincha politelen mahsuloti bilan o‘ralganligidan kelib chiqib mahkumlar uchun mo‘ljallangan oshxonani qayta qurish tavsiya etildi.

Yuvinish xonalarining sanitar holati qoniqarli bo‘lsa-da, bino taʼmirtalab holatda.

Manzil-koloniyada mahkumlarning sport bilan shug‘ullanishlari va kitob mutolaa qilishlari uchun yetarli sharoitlar yaratilgan. Muassasaning 1300 dan ortiq kitob zaxirasiga ega kutubxonasi mavjud. Bundan tashqari har oyda bir marotaba kitob savdosi yarmarkasi ham tashkil etilgan. 

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati

Yangiliklar kategoriyalari