Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Navoiy viloyatidagi Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazi faoliyati o‘rganildi
 2022 yilning 28 mart kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (Ombudsmanning) Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili Shuhrat Djurayev viloyatdagi Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markaziga borib, nogironligi bo‘lgan shaxslarga yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi.

Аniqlanishicha, mazkur markaz 1998 yilda tashkil etilgan bo‘lib, unga bolalar bog‘chasi binosi ajratilib moslashtirilib berilgan. 55 o‘ringa ega bo‘lgan ushbu muassasada yiliga 1800 nafargacha nogironligi bo‘lgan shaxslar davolanib kelmoqda.

Ushbu markaz nafaqat Navoiy balki Buxoro viloyatidagi imkoniyati cheklangan shaxslarga ham reabilitatsiya xizmatini ko‘rsatmoqda. 

Nogironligi bo‘lgan shaxslarga qulay va yetarli shart-sharoitlar yaratish maqsadida 2022 yilgi investitsiya dasturiga asosan 100 o‘ringa mo‘ljallangan 4-qavatli zamonaviy ixtisoslashgan markaz qurilishi ko‘zda tutilgan.

Monitoring doirasida Navoiy viloyati Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazi xodimlari ishtirokida jamoaviy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Harakatlar strategiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni huquqlari to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligi hamda BMTning nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyasi ratifikatsiya qilinganligi, nogironligi bo‘lgan shaxslarni huquqlarni taʼminlash sohasidagi umumeʼtirof etilgan xalqaro norma va standartlar milliy qonunchiligimizga implementatsiya qilinganligi to‘g‘risida tadbir ishtirokchilariga tushunchalar berildi.

Shuningdek uchrashuvda Markaz xodimlari tomonidan qator masalalar ko‘tarildi. Jumladan, markazda xirurgiya va ozonoteropiya bilan davolash bo‘limlari tashkil etilgan bo‘lishiga qaramay, avtoklav aparatlarini ishlatish hamda ozonoterapiya muolajalarini amalga oshirish uchun mutaxassislar olish uchun shtat birliklari ajratilmasdan kelinayotgani maʼlum qilindi.

Muassasada davolanayotgan imkoniyati cheklangan shaxslar tomonidan Ombudsman mintaqaviy vakiliga murojaatlar kelib tushmadi. 

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Axborot xizmati

Yangiliklar kategoriyalari